Madaniyat sohasidagi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida Bulung`ur tumanida madaniyat sohasini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida mavzusida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Azizbek Buriboev hamda tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Alijon Isoqov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Qayd etilishicha, bugun tumanda 5 ta Madaniyat markazlari mavjud bo‘lib, ularda jami 62 nafar xodimlar faoliyat olib boradi. Bugungi kunda 30 ta to‘garaklar madaniyat markazlarida 40 tasi umumta’lim maktablari bilan xamkorlikda 5 ta muhim tashabbus doirasida ochilgan bo‘lib, ularga 930 nafar xavaskorlar jalb etilgan. 3 ta Xalq va Namunali unvonga ega badiiy xavaskorlik jamoalari mavjud bo‘lib, ularga 80 nafar xavaskorlar ishtirok etib kelmoqda. Jami bo‘lib, 1010 nafar turli yoshdagi havaskor ishtirokchilar qamrab olingan.

Bulung‘ur tumanida 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining “Yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish yo‘nalishi”da belgilangan bandlar bo‘yicha 346 ta madaniy-ma’rifiy hamda ommaviy tadbirlar tashkil etildi, tadbirlarga 42675 nafar aholi jalb etildi. 2022-yilda esa ushbu sohada madaniy-ma’rifiy tadbirlar sonini 400 taga yetkazish va 47000 nafardan ortiq aholini jalb qilish rejalashtirilgan.

Qolaversa 2021-yil O‘zbekiston davlat Mustaqilligi 30 yilligi arafasida “Chavqi” folklor-etnografik ansambli badiiy rahbari, “Shuxrat” medali sohibi Eshbek Namuratov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tumanimizda “Yangi ovozlar”, “Ranglar jilosi”, “Alla aytgan yetar murodga”, “Botir Zokirov san’ati davomchilari”, “Zamonaviy musiqa ijrochilari”, “Yoshlik bahori”, “O‘zbek milliy raqslari”, “Sharq xalqlari raqslari”, “Balet raqslari” kabi respublika va viloyat miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” qo‘shiqlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan ko‘rik-tanlovlarda tumanimiz yoshlari ham viloyat va respublika bosqichlarida faol qatnashib faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Tumanda bugungi kunda 2 ta, ya’ni,  9-son va 20-son Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyat yuritmoqda. Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan musiqa (fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, an’anaviy cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy) kabi 11 ta yo‘nalishda  392 nafar o‘quvchi taxsil olmoqda.

Yaratilgan sharoit va berilgan imkoniyatlarga javoban viloyatdagi Bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar viloyat, respublika va Halqaro miqyosda o‘tkazilayotgan qator ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallamoqda.

2022-yilda 4-son Qirqshodi madaniyat markazi binosini kapital rekonstuksiyadan chiqarish  davlat Dasturiga kiritilgan.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-112-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Madaniyat bo‘limining 69 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi va tumandagi 55 ta mahallalarda konsert dasturlarining kalendar rejasi ishlab chiqildi va Qaror ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

2022-yilda tumanimizda baxshi “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li” tavvaludining 150 yilligi munosabati bilan Respublika baxshilar festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib tuman markazidagi Fozil Yo‘ldosh xiyobonini kapital ta’mirlash va Soxibkor maxallasi xududidan tuman O‘lkashunoslik muzeyi hamda Fozil Yo‘ldosh bog‘i tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Tadbir davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM