Inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar: 2021-yil yakunlari yuzasidan ma’lumot berildi

 “Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Bulung`ur tumanida fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida” ma’lumot berildi. Mavzu yuzasidan tuman prokurorining o‘rinbosari Sunnatullo Karimov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar va Prezident qarorlari ijrosini ta’minlash borasida ko‘rilgan choralar, shuningdek davlat organlari huquqiy hujjatlarining doimiy ravishda o‘rganilishi natijasida 2021-yilning o‘tgan davrida 609 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 319 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Prokuror qarorlari va taqdimnomalari asosida 114 nafar mansabdor shaxslar intizomiy, ma’muriy javobgarlikka tortildi, noqonuniy hujjatlarga 165 ta protestlar keltirilib, 107 tasi bekor qilindi hamda
58 tasi qonunga muvofiqlashtirildi hamda sudlarga 2 mlrd. 600 mln. so‘mlik 120 ta da’vo arizalari kiritilib, barcha da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilgan.

O‘tkazilgan tekshiruv va jinoyatlarni tergov qilish jarayonida 2 mlrd. 15 mln. so‘mlik zararlarning undirilishi ta’minlandi. Qonunbuzilish holatlari yuzasidan 25 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Viloyat prokuraturasiga qonunchilikni, turli soha va yo‘nalishlarni takomillashtirishga muammoli masalalarni hal etishga doir jami 6 ta takliflar berilgan.

 

Tuman prokuraturasi tomonidan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali bandligini ta’minlash, ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida berish ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni va shu masalaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini yuzasidan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida tekshirishlar o‘tkazilib, qonunga zil 12 ta buyruqlariga nisbatan protest kiritilib ushbu buyruqlarning barchasi qonunga muvofiqlashtirildi, qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari  va  bunga imkoniyat berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 4 ta taqdimnoma kiritilib ushbu taqdimnoma asosida 5 nafar xodimlarga intizomiy jazo berilgan, shuningdek, tuman prokuraturasi tomonidan 3 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.

2021 yilda voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishi borasida jami 12 ta tekshirish va tahlillar o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra, 78 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, shundan noqonuniy qarorlarni bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish haqida 8 ta protestlar keltirilgan, qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida 14 ta taqdimnomalar kiritilib, 30 nafar mansabdor shaxslar gohlantirilgan, 21 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilib, 2 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 20 mln. 148 ming so‘m ixtiyoriy zararlar undirilib, 48 nafar voyaga yetmaganlarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Tumandagi “Kichik-kildon” mahallasida joylashgan “Zilol Baxt” bazmgohida tuman prokuraturasining tashabbusi bilan 10 nafar kam ta’minlangan “Temir daftarda” turuvchi 3-7 yoshli oilalarning farzandlarni o‘g‘il bolalarni xatna to‘yi o‘tkazildi. Bayram yakunida har bir bolalarga 18 yoshga to‘lguniga qadar belgilangan summada ularning nomlariga omonat pullari qo‘yilgan bank plastik kartochkalar taqdim etildi.

 

Tuman prokuraturasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar asosida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 10 ta holatda 11 nafar shaxslar korrupsion jinoyatlarini qasddan sodir etgan.  

Bundan tashqari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning 10 nafar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etishgan jinoyatlari uchun JKning tegishli moddalarida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Tergov jarayonida ular tomonidan jinoyat oqibatida yetkazilgan 2 mlrd. 284 mln. so‘m zarar undirilib, jinoyat ishi ayblov hulosasi bilan JIB tuman sudiga yuborilgan va sudning hukmi bilan jazo muqarrarligi ta’minlangan.

Tuman prokuraturasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonuniy hal etilishini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021 yilda tuman prokuraturasiga jami 1142 (2020 yilda 830) ta jismoniy va yuridik shaxslardan ariza va shikoyatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 775 (502) tasi hal qilingan bo‘lsa, hal etilgan murojaatlardan 119 (75) tasi qanoatlantirilgan, 656 (427) tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan. Hal qilish uchun boshqa muassasalarga yuborilgan murojaatlar 273 (217) tani, dublikat murojaatlar 65 (80) tani tashkil etgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida tuman prokuraturasining qonuniy aralashuvi bilan, 119 (75) nafar jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Bir so‘z bilan aytganda sohada amalga oshirilayotgan ishlar qamrovi keng bo‘lib, o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Bu boradagi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

 

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM