Imtiyozlarni suiste’mol qilmaslik, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish lozim

2021 yil davomida aholi bandligini ta’minlash maqsadida bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi tomonidan 12 nafar fuqaroga subsidiya asosida issiqxona qurib berilgan. Biroq, o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, mazkur issiqxonalarning 9 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayotganligi aniqlandi.

 

Mazkur issiqxonalar egalari bilan tuman hokimligida o‘tkazilgan muloqotda mazkur issiqxonalardan samarali foydalanish choralarini ko‘rish, agar foydalanish niyatlari bo‘lmasa, boshqa ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga ko‘chirib berish choralarini ko‘rish masalasi muhokama qilindi. Ayrim fuqarolar issiqxonadan foydalanib daromad qilganliklarini, qisqa fursatda undan unumli foydalanish chorasini ko‘rishlarini ma’lum qilgan bo‘lsa, ayrimlari issixonadan foydalanish niyati yo‘qligini bildirdi.
Uchrashuvda muammoli kredit masalalari ham muhokama qilinib, olingan kreditlarni qaytarish, qaytarilgan kredit mablag‘lari evaziga boshqa talabgorlarga ham kredit ajratish chorasini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
 
Ma’lumot uchun, o‘tgan yillar davomida (2019, 2020, 2021) oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 239 nafar fuqarolarga 3 mlrd 853 mln 422 ming.so‘m miqdorida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari 469,7 sotix issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan. Ajratilgan kreditlardan bugungi kunda 48 nafar fuqarolarda 73 mln 293 ming.so‘m miqdorida muammoli kreditlar mavjud. O‘rganishlar natijasida bugungi kunda imtiyozli kreditlar asosida ajratilgan 59 ta issiqxonadan foydalanilmasdan kelayotganligi aniqlangan.
2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM