Xotin-qizlar muammolari e’tibor markazida

Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Toxir Safarov hamda Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sayyora Djumaevalar Bulung‘ur tumanida bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, xotin-qizlar masalasida yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Tashrifdan maqsad, joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda u yoki bu darajada muammosi bo‘lgan ayollar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ayollarning murojaatlari tinglanib, ularga yechim izlandi. Ta’kidlash lozimki, bildirilgan murojaatlarning aksariyati tuman darajasida hal etilishi mumkin. Biroq, Respublika darajasida hal etilishi yoki belgilangan normalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar ham yo‘q emas. Bildirilgan murojaatlarga ko‘ra, Administratsiya mas’ul xodimi Respublika darajasida ko‘rilishi lozim bo‘lgan muhim masaalar ro‘yxatini tuzib bordi.

Uchrashuv so‘ngida tuman hokimining xotin-qizlar masaalari bo‘yicha maslahatchisi Mahbuba Qurbonova so‘z olib, joylarda xotin-qizlar bilan ishlash davomida duch kelayotgan muammolarini bildirib, ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar bildirdi.

Bildirilgan muammolar va takliflar umumlashtirilgan holda Respublika darajasida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM