Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari o‘rganilmoqda

Bulung‘ur tumanidagi 55 ta mahalada ham hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Tuman hokimi Samandar Astonov joylarda hokim yordamchilarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, tashabbuslarini o‘rganmoqda.

Jumladan, Yangiqo‘rg‘on mahallasidagi 18-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda tumanga respublikadan biriktirilgan vakillar, Bulung‘ur, Mehrjon, Istiqlol, Amir Temur, Yangiqo‘rg‘on mahallalaridagi hokim yordamchilari, tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti, takliflari tinglanib, tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan loyiha takliflari va uni amalga oshirish borasidagi muammolari o‘rganildi.

Har bir taklif borasidagi muammolar ro‘yxatga olinib, ijrosi aniq muddatlari belgilangan holda tegishli soha mas’ullariga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM