"Loyiha guruhi"ning maslahat yig‘ilishi o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanida mavjud barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish choralarini ko‘rish maqsadida tuman hokimi rahbarligida "Loyiha guruhi" faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ishchi guruh tarkibida iqtisod, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, moliya, kadastr, statistika, bandlik, davlat kadastrlar palatasi, suvoqova, elektr ta’minoi bo‘yicha mas’ullar, tumandagi tijorat banklaridan vakillar kiritilgan.

 

Bugun ishchi guruh rahbari Samandar Astonov raisldigida “Loyiha guruhi”ning navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ishchi guruh faoliyatini uzluksiz va samarali tashkil etish uchun uchun alohida xona ajratish, tumanda faoliyat olib borayotgan salohiyatli tadbirkorlar bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ular bilan fikr almashish, tadbirkorlarnining muammolarini tezkorlik bilan xal etish tizimini yaratish, yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish choralariko‘rish kabi masalalar muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM