Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik beshinchi sessiyasini chaqirilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining ellik beshinchi sessiyasi 2022-yilning 18-fevral kuni soat 15:00 da tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilmoqda.

 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi belgilangan:

1) Bulung‘ur tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan o‘tgan 2021- yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qabulxona mudiri F.Pirimqulovning axboroti.

 2) Tuman prokuraturasi tomonidan 2021-yilda tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatichlikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori S.Saidovning axboroti.

3) “Ayollar daftari”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilayotgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

 4) Boshqa masalalar.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM