Yirik ishlab chiqaruvchilar faoliyati ko‘zdan kechirilmoqda

Bugun yurtimizda tadbirkorlik rivojiga alohida e’tibor qaratilayotganligi sir emas. Bulung‘ur tumanida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, tadbirkorlar muammolari o‘rganilmoqda.

 

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov tuman hududida faoliyat yuritayotgan, faoliyatini yo‘lga qo‘yish arafasidagi yirik eksportyorlar, xorijiy investitsiya loyihalari bilan tanishmoqda. Xususan, shu maqsadda tumanning Navbahor mahallasidagi “Urgut Kamol-Jamol” xususiy korxonasi, Guliston mahallasidagi “Marqand Sifat” MChJ, G‘o‘bdin mahallasidagi “Samarkand Richland International Investment" xorijiy korxonasi, Mingtepa mahallasidagi “Xitoy besh barmoq” xorijiy korxonasida bo‘lindi.

 

Xususan, “Xitoy besh barmoq” xorijiy korxonasi rahbari Ching Chong Zadning ma’lum qilishicha, korxonada 80 nafar xodimlar faoliyat yuritmoqda. Yiliga 18 ming dona pishiq g‘isht ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida joriy yilda yana 1 mln. dollar xorijiy investitsiya kiritishni re’jalashtirilmoqda.

 

Suhbatlar davomida tuman hokimi tadbirkorlarni qiynayotgan muammolari bilan qiziqib, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM