Qadriyatlarimizni asraylik...

Yoshlarimizni turli yot g‘oyalarning salbiy ta’siridan asrash, ularning milliy qadriyatlarimizga mehr-muhabbat ruhida kamol topishlariga ko‘maklashish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.

 

Bu borada Bulung‘ur tumanida ham qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, tumanning Chorbog‘ mahallasida o‘tkazilgan tadbir ham shu maqsadga xizmat qiladi.

 

Tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis I.Ravshanov, tuman targ‘ibot guruhi rahbari N.Mamadiyorova, tuman bosh otinoyisi M.Bo‘ronova va mahalla faollari bilan hamkorlikda “Milliy libos - millat ko‘rki” va “Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asraylik” mavzularida o‘tkazilgan tadbirda dunyo tan olgan o‘zbek milliy qadriyatlari xususida so‘z yuritildi. Ularni asrab-avaylash, targ‘ib qilish, keng yoyish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Tadbirda o‘zbek milliy qadriyatlari aks ettirilgan ko‘rgazmalar ham namoyish etilib, bir piyola choy usida suhbat bilan davom etdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM