Janubiy Koreyaning “Happy I” xayriya fondi Bulung‘urda 5 ta “bog‘cha” qurish niyatida

Janubiy Koreyaning “Happy I” xayriya fondi boshliq o'rinborasi Rac Ki Choi hamda “TeunSol Internatsional” kampaniyasi prezidenti Jaeyong Kim janoblari Bulung‘ur tumanida bo‘lishdi. Tuman hokimi Samandar Astonov bilan suhbatda ma’lum bo‘lishicha, mazkur kompaniyalar Bulung‘ur tumanida xayriya maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloiti qurish, uni o‘quv qurollari va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi xodimlarning malakasini oshirish ishlarini amalga oshirish niyatida.

Bundan tashqari, o‘zaro muloqot davomida investorlar kelgusida tuman hududida jenshen yetishtirish istiqbollari va imkoniyatlarini ham o‘rganish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Suhbat davomida mazkur loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlari o‘zaro kelishib olindi.

Tuman hokimi bilan suhbatdan so‘ng, xorijiy investorlar ishtirokida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan ham suhbat tashkil qilindi. Unda sohaning kelgusi istiqbollari, Koreya hamda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi ijobiy tajribalar muhokama qilindi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM