Bulung‘urda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda

Bugun yurtimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” g‘oyasi bosh omil bo‘lmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 411-sonli Qaroriga muvofiq, Bulung‘ur tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun Bulung‘ur tumani Suluvqo‘rg‘on mahallasi fuqarosi Sh.S.ga elektr yuritmali kreslo-aravacha topshirildi.

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov, tuman prokurori S.Saidov hamda Bulung‘ur tumani Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi rahbariyati aravachani topshirish maqsadida Sh.S.ning xonadonida bo‘lib, dildan suhbat qurishdi. E'tiborlisi, ushbu aravacha foydalanish uchun nihoyatda qulay bo‘lib, pult yordamida boshqariladi.

Shuningdek, tumanning Qirqshodi mahallasi fuqarosi, 1-guruh nogironi Q.Q.ga hamda Sohibkor mahallasining nafaqa yoshidagi fuqarosi A.R.ga ham nogironlik aravachasi topshirildi.

 

Ma’lmuot uchun, 2021-yilda fuqarolarning ehtiyojiga ko‘ra, jami 52 ta nogironlik aravachalari, 10 ta eshitish moslamasi, 24 ta qo‘ltiqtayoq, 30 ta hassatayoq, 50 ta protez ortopedik mahsulotlari berilgan, 12 ta yakka-yolg‘iz yashovchi fuqarolarning uylari homiylik mablag‘lari hisobidan to‘liq ta’mirlangan.

Bulung‘ur tumani Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi bshlig‘i Ravshan Muxtorov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-sonli Qaroriga muvofiq, tumanda 76 nafar yakka-yolg‘iz fuqarolar hisobga olingan. Ularga bo‘lim tomonidan 9 nafar ijtimoiy xodimlar biriktirilgan bo‘lib, yil davomida ijtimoiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM