Bulung‘ur tumaniga xorijiy investorlarni jalb qilish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun Turkiya davlatidan kelgan investor Ramzi Guzan bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida har ikki tomon o‘z imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Tuman hokimi kiritiladigan investitsiya qiymati, yaratiladigan ish o‘rinlari soni, mahsulot eksporti geografiyasi bilan qiziqdi. Xorijiy esportyorlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, Bulung‘ur tumanining tabiiy joylashuvi va infratuzilmasi qulayliklari, bir so‘z bilan aytganda tumanning investitsiya jozibadorligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Agofert Gubre ich ve dish” LTD ShTI shirkati tomonidan tumanda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yilishi taklif etilmoqda. Mahsulotning 80 foiz qismi eksport qilinishi re’jalashtirilgan. Investorlarga aholi yashash manzilidan uzoq masofada joylashgan davlat zaxirasidagi bo‘sh yerlar taklif qilindi.

 

Muzokaralardan so‘ng investorlar taklif etilayotgan yerlarni joyiga borib ko‘rishdi. Yakunda shirkat a’zolari bilan kelishilgan holda, yakuniy xulosaga kelishlarini ma’lum qilishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM