Bulung‘urariq mahallasi obod bo‘ladi

Xabaringiz bo‘lsa, kecha, 19-yanvar kuni tuman hokimi Samandar Astonov Bulung‘urariq mahallasida bo‘lib, mahallani obod qilish borasida nuroniylar, soha mutaxassislari bilan kengashgan edi.

 

Bugun tuman sektor rahbarlari, tumandagi tashkilotlar, kuch tuzilmalari Bulung‘urariq mahallasida jam bo‘lishdi. Maqsad aniq: mahalla obod bo‘ladi. Buning uchun kompleks yondashiladi. Xususan, yo‘l, suv, elektr masalalarida ijobiy o‘zgarishlar qilinadi. Aholi xonadonlari obodonlashtirilib, tartibga keltiriladi. Aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Chorva mollari veterenariya ko‘rigidan o‘tkazilib, emlanadi. Xotin-qizlar, yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar ham o‘z yo‘nalishida ishlarni tashkil etishadi.

Shu maqsadda mahallaga jam bo‘lganlar nuroniy otaxonlar duosini olishib, bir jonliq qurbonliq qilindi. Mahallada bugunning o‘zida hashar ishlari boshlab yuborildi. Hasharchilar uchun tushlik tashkil etildi. Jarayonlar ertaga ham davom ettiriladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM