Bulung‘ur mahallasida “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Bugun yoshlar masalasi har bir rahbar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Jumladan, Bulung‘ur tumani sektor rahbarlari ham muntazam ravishda joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolarini aniqlash va imkon qadar ijobiy hal etish chorasini ko‘rmoqdalar.

 

Ana shunday uchrashuvlardan biri 1-sekor hududiga qarashli Bulung‘ur mahallasidagi 22-maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Samandar Astonov, tuman DXX rahbari, sektor ishchi guruhi a’zolari, mahalla faollari hamda mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘z murojaat va takliflari bilan bevosita tuman hokimiga murojaat qilishdi. Har bir murojaat shu yerning o‘zida tegishli soha mas’ullari ishtirokida atrfolicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

 

Yoshlar bilan uchrashuvga mahallafuqarolari ham kelishib, tuman hokimiga o‘z murojaatlarini bildirishdi. Har bir murojaat sektor kotibi tomonidan ro‘yxatga olinib, ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi belgilandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra yoshlardan 9 ta, shu mahalla fuqarolaridan 6 ta murojaat ijroga qaratildi. Bugungi uchrashuvda bildirilgan murojaat va takliflardan anglash mukinki, yoshlarning tadbirkorlikka qiziqishi baland. Bu e\sa, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun olib borilayotgan faol siyosatning natijasidir.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM