Bulung‘ur tumanida elektr energiyasi ta’minotida nima gaplar?

Mavjud holat:

Tumanda jami 634 ta transformatorlar, 1350 km elektr uzatish tarmoqlari,  25 000 ta tayanch ustunlari mavjud bo‘lib, shundan 5000 tasi ya’ni 20 foiz qismi yog‘och ustunlarni tashkil etadi.

 

2021 yilda amalga oshirilgan ishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi
2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2661-sonli Qaroriga asosan 2021 yilda Dastur doirasida tumanda jami 15 ta transformatorlar, 36,6 km elektr tarmoqlari hamda 594 ta elektr tayanch ustunlari o‘rnatildi.

Bundan tashqari, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida o‘rnatilgan artezian quduqlari uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan jami 7 ta transformator, shuningdek aholi tomonidan hashar yo‘li bilan yana 9 ta elektr transformatorlar o‘rnatildi.

 

2022 yilgi reja:

  Davlat dasturi doirasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha jami 10.4 mlrd so‘m mablag‘ evaziga 7 ta yangi transformatorlar o‘rnatish, 12 ta mavjud transformatorni rekonstruksiya qilish, 1440 dona simyog‘och o‘rnatish va 72,1 km tarmoq tortish belgilangan.

 

    Shuningdek, yil davomida mahalliy budjet mablag‘laridan ham ma’lum miqdorda mablag‘lar ajratilib boriladi. Tashabbusli budjet ya’ni “Open budjet” loyihasi doirasida ham talab va takliflardan kelib chiqib, sohaga mablag‘lar yo‘naltirilishi imkoniyati mavjud.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM