Bulung‘ur tumani hokimi: Imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanishimiz zarur

Tumanning G‘o‘bdin mahallasi lalmikor hudud sanaladi. Hudud dehqonlari o‘tgan yili “Jomboy don” AJdan shartnoma asosida urug‘ olishgan. Biroq, kutilganidek hosil ololmasdan, qarzdor bo‘lib qolishgan. Joriy yilda ham g‘alla ekish maqsadida bo‘lgan bir qancha fermerlar tuman hokimiga murojaat qilib kelishdi.

Hokim tumandagi fermerlarning qarzi yanada ko‘payishi emas, o‘zini tutib ketishi tarafdori ekanligini, buning uchun har ikki tomon harakat qilishi lozimligini bildirdi.

  • Yomg‘irni kutib o‘tiradigan davrlar o‘tdi. Odamlar qoplarga tupoq solib mahsulot yetishtirishmoqda. Bizda yer ko‘p, biroq uning qadriga yetmayapmiz. Bugun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalangan holda lalmi yerlarga suv chiqarish, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish lozim. Buning uchun Davlat tomonidan sub’sidiya ajratilmoqda. Ya’ni, xarajatlaringizning bir qismi qoplab beriladi. Siz harakat qiling, taklif bering, tashabbus ko‘rsating, biz qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, deya ta’kidladi tuman hokimi Samandar Astonov.

Muhokamalar davomida joriy yilda g‘alla ekishning muddati o‘tganligi, o‘rniga boshqa dukkakli ekinlar ekilishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM