Kun tartibida muhim masalalar muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokama yig‘ilishida tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, soliq qarzdorligi, muddati o‘tgan bo‘lsada qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining tuman hududidan o‘tgan qismidan samarali foydalanish, tumanning Olmazor mahallasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan ishlar, berilayotgan topshiriqlarning ijro holati, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarga munosabat bildirish holati tanqidiy tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bugun tumandagi 310 ta fermerda imkoniyati bo‘la turib, soliqdan qarzdorliklari mavjud. Tuman hokimi bu borada qonunchilikda belgilangan me’yorlarni fermerlarga tushuntirish lozimligini, ana shunda ushbu soliq qarzdorliklari undirilib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltirilishini bildirildi.

Shuningdek, bugun tumanda 527 ta bank mijozlarining jami 8 mlrd. 484 mln. so‘m muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud. Shundan 270 ta holatda tumanda faoliyat yuritayotgan banklardan kreit olingan bo‘lib, ularda muddati o‘tgan qarzdorlik 3 mlrd. 36 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Bugun yangi kreditlar qaytgan kreidtlar hisobidan berilayotganligini, shu sababdan fuqarolar o‘rtasida to‘g‘ri tushuntirish olib borish,   iqtisodiy sohaga aloqador tashkilotlar bu borada banklarga o‘z vakolatidan kelib chiqqan holda yordam ko‘rsatishi zarurligi bildirildi.

Muhokamalar davomida tuman hokimi Samandar Astonov ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarni ham kuzatib borayotganligini, hech bir fikr, taklif va murojaat e’tibordan chetda qolmasligi zarurligini, har bir holat yuzasidan tegishli soha mas’ullari tomonidan munosabat bildirilib borilishi zarurligini ta’kidladi.

  • Ijtimoiy tarmoqlar sizning, bizning yuzimiz. Faoliyatimizga berilayotgan ochiq baho. Shunday ekan, hech bir holat nazardan chetda qolmasligi, murojaatlar nazoratga olinib, zarur hollarda huquqiy tushuncha va tavsiyalar berib borilishida faollik ko‘rsatilishi zarur, deya ta’kidladi tuman hokimi.

Kun tartibida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM