Bulung‘ur tumanini obodonlashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi re’jalashtirilmoqda

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bir guruh mas’ullar hamrohligida bugun Pastdarg‘om tumanida bo‘ldi. Maqsad: tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, ijobiy tajribani Bulung‘ur tumanida ham joriy etish.

Jarayonlar bilan tanishish davomida asosiy e’tibor “Pastdarg‘om bunyodkor obod” DUK faoliyatiga qaratildi. Korxonada bugun jami 17 turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladi. Elektr temir beton ustunlari, ariqlar uchun lotoklar, beton blok, beton plitka, shuningdek hovli, yo‘laklar uchun 17 turdagi plitkalar shular jumlasidan. Korxonaning tosh maydalab shebyonka ishlab chiqaradigan, qum yuvadigan zavodlari faoliyat yuritmoqda. Doimiy 200 dan ortiq, mavsumiy 500 dan ortiq kishining bandligi ta’minlangan.

Bugun tumanda qurilayotgan 5 ta 7 qavatli subsidiya asosida beriladigan uy-joylar ham korxona tomonidan qurilmoqda. Tuman hokimi qurilish jarayonlari bilan ham joyida tanishdi.

  • Tumandagi qurilish, obodonlashtirish loyihalarining aksariyatini o‘zimiz bajaramiz. Sababi, qurilish mollarini o‘zimiz ishlab chiqaramiz, texnikalarimiz bor. Bu esa korxonamizning raqobatbardoshliligini, mahsulotlar tannarxi arxon va sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Xususan, mana shu ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ham faqatgina pishiq g‘isht va armaturani sotib olamiz. Qolgan barcha mahsulotlarni o‘zimiz ishlab chiqaramiz, deydi korxona rahbari Aktam Bo‘riev.

Tuman hokimi jarayonlar bilan tanishar ekan, Bulung‘ur tumanida ham ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zida jamlagan davlat unitar korxonasini tashkil etish re’jalashtirildi. Natijada qurilish tannarxi arzonlashadi, tushgan foyda yana tumanni obod qilish ishlariga yo‘naltiriladi. Ana shunda obodonlashtirish ishlarining davlat Dasturlari yoki mahalliy budjet mablag‘larining orttirilgan qismiga bog‘liqligi kamayadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM