Tuman hokimligida tayinlov amalga oshirildi

Tuman hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Suyarov Davron Tuxtamurotovich Bulung‘ur tumani hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasiga tayinlandi.

 

Ma’lumot uchun, D.Suyarov 1977-yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasini tamomlagan.  Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

D.Suyarov ko‘p yillar ichki ishlar tizimida turli vazifalarda mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

Tuman hokimligi jamoasi D.Suyarovga mas’uliyatli yangi vazifada muvaffaqiyat tilaydi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM