Axborot xizmati bayonoti: tuman hokimining qabuli 7 soat davom etdi…

Bugun Bulung’ur tumani hokimi Samandar Astonovning navbatdagi murojaatlar qabuli bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung’ur tumanidagi Xalq qabulxonasida o’tkazilgan qabulda sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Re’jaga ko’ra soat 9:00 da boshlangan “Hokim qabuli” kunning ikkinchi yarmi 16:00 ga qadar tanaffussiz bo’lib o’tdi. 7 soat davom etgan qabul davomida 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat shu yerning o’zida soha mas’ullari ishtirokida muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi. Ayrim masalalar shu yerning o’zida hal etilgan bo’lsa, ayrimlari hafta yakuniga qadar ijobiy hal etiladigan bo’ldi. Uy-joy olishda subsidiya ajratish, bola puli, moddiy yordam kabi masalalar to’g’risidagi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Xususan, subsidiya asosida uy-joy olish uchun tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish lozimligi, yoki bola puli, moddiy yordam kabi masalalarni endilikda mahalla hal etmasligi, qolaversa, tizimda inson omili maksimal darajada yo’q qilinganligi tushuntirildi.

Qabul yakuniga ko’ra, jami 80 ta murojaat ijro uchun qabul qilinib, zarur hollarda joyiga chiqib o’rganilishi, har birining ijrosi yuzasidan hafta yakuniga qadar tuman hokimi hamda murojaatchiga xabar qilinishi lozimligi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM