Ertamiz egalarining kelajagi yo‘lida...

Joriy yil 7-yanvar kuni Bulung‘ur tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tuman hokimligi bolalar masalalari bo‘yicha shu’basi, tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda nazorat-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida ishchi guruh a’zolari bozorlar, tadbirkorlik subyektlari, internet kafelarda bo‘lishib, tushuntirish-profilaktika ishlarini olib bordilar.

Xususan, voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish yuzasidan korxona va tashkilot rahbarlari, tadbirkorlik sub’ektlari, bozorlarda tushuntirish ishlari olib borildi.

Ota-onalarga “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va ququbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Yoshlarga oida davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun to‘g‘risida tushunchalar berildi. Ota-onalar, shuningdek, MjTK 47-moddasi 1-qismi ya’ni, ota-onalarning ta’lim-tarbiya berish to‘g‘risidagi majburiyatlarini bajarmaslik bo‘yicha belgilangan ta’sir choralari bilan tanishtirildi.

Shu mazmundagi profilaktika ishlari tuman bo‘ylab davom etmoqda.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM