Korxona va fermerlar hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi lozim

Xabar berganimizdek, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun qishloq xo‘jaligidagi vaziyat bilan yaqindan tanishib, kamchiliklar tahlil qilindi, kelgusi rejalar belgilab olindi.

 

Uchrashuvda fermer xo‘jaliklari bilan bir qatorda tumandagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari ham ishtirok etishdi.

 

Tuman hokimi har ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozimligini, bunda korxona ham, fermer ham birdek manfaatdor bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, bu borada soha vakillari bilan kengashdi, har ikki tomonning fikr va takliflari tinglandi.

Tuman hokimi fermer ham qaysidir korxona bilan ishlashga majbur qilinmasligini, shuning uchun har ikki tomon uchun manfaatli shartlar asosida shartnoma ishlab chiqish, bunda korxonalar rahbariyati, huquqshunoslari, tuman prokuratura va tuman adliya bo‘limi xodimlari, femerlar vakillari, iqtisod bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishi lozimligini ta’kidadi.

Shuningdek, hokim agrofirma raislari bilan suhbat davomida joylarda hudud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlikning yangi tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish, ayniqsa qishloq xo‘jaligida mahsulotlarning o‘zini emas, unga birlamchi ishlav berib, so‘ngra bozorga taklif qilishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab, bu boradagi takliflarni har qachon qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM