“Yangi O‘zbekiston” massivida 2022-yilda amalga oshiriladigan muhim vazifalar muhokama qilindi

2022-2023 yillar davomida Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilishi rejalashtirilgan. Massivni bunyod etish ishlari joriy 2022-yilda boshlanadi.

 

Bugun Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Shukurov hamda Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bo‘lajak yangi massiv hududida bo‘lishdi. Maqsad massivda joriy yilda bajariladigan ishlarni tuman hamda viloyat darajasidagi soha rahbarlari bilan birgalikda belgilab olish bo‘lib, obyektlarning joylashuvi hamda barcha tashkiliy jarayonlar joyida muhokama etildi. Xususan, yo‘l, elektr ta’minoti, gaz, ichimlik suvi masalalarining har biri bo‘yicha viloyat rahbariyati so‘zga chiqib, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

Muhokamalar davomida ma’lum qilinganidek, joriy yilda 25 ta ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi, yashil maydon, sport o‘yingohlari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, quriladigan obyektlarning barchasi, jumladan ko‘p qavatli uylar ham shaffoflikni ta’minlash maqsadida tenderga qo‘yiladi. Rejaga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, tag qismi esa ijtimoiy uylarga aylantirilishi re’jalashtirilmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM