Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi kutish zalida sharoitlar yaxshilanadi

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bu yerda tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, rejalashtirilgan o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdi. Tuman hokimi bo‘limlarda bo‘lib, birlashmaga yangi keltirilgan tibbiy jihozlar bilan tanishdi, bemorlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan suhbatda bo‘lib, ularning kayfiyatlari bilan qiziqdi.

 

 Bemorlar bilan suhbat davomida muammolarini tinglab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Xususan, bemorlarning yaqinlaridan biri tug‘ruq majmuyi kutish zalida sharoit talab darajasida emasligini ma’lum qildi. Hokim mazkur kutish joyiga borib ko‘rdi va nafaqat kutish joyi, balki, hamshiralar xonasida ham isitish choralari ko‘rilishi kerakligini, kutish zaliga qo‘shimcha o‘rindiqlar o‘rnatilishi lozimligini ta’kidladi. Suhbatlar davomida murojaat qilgan bemorlardan biriga dori-darmon vositalari yetkazib beriladigan bo‘ldi.

 

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasi Vohid Xudayqulov tomonidan ishlar yaxshi tashkil qilinganligi, shuning bilan birga pullik xizmat turlarini ko‘paytirish, tushgan mablag‘larni xodimlarni rag‘batlantirish va qo‘shimcha sharoitlar yaratishga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM