Aholini ro‘yxatga olish hamda tanlanma kuzatuvlarni bog‘liqligi

Aholining ro‘yxatga olish tarixi kamida 6000 yil bo‘lsa-da, bundan qadimgi Bobildan topilgan loy taxtalar dalolat beradi, zamonaviy ma’noda aholini ro‘yxatga olish haqida esa faqat XVII asrning o‘rtalaridan boshlab gapirish mumkin. Tanlanma kuzatuvlar esa juda qisqa tarixga ega. An’anaviy ro‘yxatga olish oddiy aholi sonini bilish edi. Yillar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa sohalari haqida ma’lumot olish uchun asosiy demografik xususiyatlarga ehtiyojning ortishi bilan, ularning miqyosi va qamrovi ham ortdi. Shunday qilib, ma’lumotlarga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi aholini ro‘yxatga olish dasturida ko‘plab savollarni kiritishni talab qildi. Qo‘shimcha savollarning ortiqcha sonini kiritish haddan tashqari noqulay savolnoma varaq shakllarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu barcha to‘plangan ma’lumotlarning sifati to‘g‘risida shubhalar paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, bir vaqtning o‘zida bir nechta xususiyatlarni tekshirishning afzalliklari ma’lum darajada kamayishi mumkin, chunki respondent va ro‘yxatga oluvchi bir so‘rov davomida ko‘proq ma’lumot to‘plash bilan bog‘liq qo‘shimcha ishni bajarishi kerak bo‘ladi.

Aholini ro‘yxatga olish bu mamlakat aholisini muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Mazkur keng miqyosli amaliyotning bosh maqsadlaridan biri mamlakatimizda, umuman har bir ma’muriy hududda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ishdan iborat.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM