Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugungi ish kunini 2022-yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini muhokama qilishdan boshladi.
Sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etgan muhokamada har bir hokim o‘rinbosari o‘ziga tegishli bandlar yuzasidan axborot berdi. Hokimlik majlislar zalida o‘tgan muhokama davomida yo‘l xaritasining har bir bandi muhokama etilib, uning ijrosi qay tartibda, qancha muddatda ta’minlanishi kelishib olindi.

Bundan tashqari, tuman Davlat Soliq Inspeksiyasi boshlig‘i Sherzod Eshmuratovning tumandagi Mingchinor mahallasida tadbirkorlik sub’ektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari yakunlari yuzasidan ma’lumot berdi.
Xususan. ma’lum qilinishicha, bugun mahallada tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 60 ta obyektdan foydalanib kelinmoqda. Hududda 5 ta obyektda qurilish tugallangan bo’lsada, biroq, hech bir faoliyat turi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, 18 ta holatda qurilish ishlari boshlangan, ammo haligacha yakuniga yetkazilmagan.
Mingchinor mahallasida sinov tariqasida amalga oshirilgan mazkur xatov kelgusida tumandagi barcha mahallalarni qamrab oladi.


-  “Tadbirkorlik qiling” desak, odamlar yer so‘raydi. Lekin qanchadan-qancha holatda binolar bo‘sh turibdi, olingan yerlardan maqsadli foydalanilmayapti. Vaholangki, yer berishda ham tadbirkor oldiga majburiyat, muddat qo‘yiladi. Birinchi galda mana shu imkoniyatlarimizni ishga solishimiz va ulardan unumli foydalanish choralarini ko‘rishimiz lozim, deya ta’kidladi tuman hokimi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM