Bulung‘ur tumani hokimi tomonidan murojaatlar qabuli o‘tkazildi

Bugun Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov tomonidan murojaatlar qabuli o‘tkazildi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan qabulda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi. Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaat va takliflari yuzasidan bevosita tuman hokimiga murojaat qilishdi.

 

Xususan, qabul davomida fuqarolar tomonidan aliment undiruvi, sog‘lig‘ini tiklash, ishga joylashtirish, moddiy yordam, pensiya puli olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.

 

 

Har bir murojaat tuman hokimi va mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlar ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi. Har bir murojaat ijrosi yuzasidan shaxsan tashkilot rahbari tomonidan axborot berilishi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM