Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni turli buzg‘unchi, yot g‘oyalardan asrash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.

Shu maqsadda Bulung‘ur tumanidagi umumta’lim maktablari hamda kasb-hunar maktablarida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz”, “Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asraymiz” mavzularida targ‘ibot loyihalari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugunga qadar 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 11, 39, 40, 55, 57, 69, 70, 71-sonli umumta’lim hamda 1 va 2-sonli kasb-hunar maktablarida ana shunday targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tuman diniy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi, tuman targ‘ibot guruhi, xalq ta’limi hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlar davomida yoshlarga mavzu yuzasidan hayotiy misollar asosida ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, DXX va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan filmlar, xususan, "Mehr-5" operatsiyasi tafsilotlari to'g'risidagi filmlar namoyish qilinmoqda. Mazkur filmlarda oxiri berk ko‘chalarga adashib kirib qolgan yoshlarning ayanchli taqdiri aks etgan bo‘lib, yoshlarning to‘g‘ri xulosa qilishlari uchun samarali natija bermoqda.

Targ‘ibot tadbirlari tuman bo‘ylab davom etmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM