Yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqalari o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanidagi IT markazda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqasi o‘tkazldi. Unda har biri 3 nafardan bo‘lgan 36 ta jamoa “Counter Strike” o‘yinida bahslashdilar.

 

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ularning kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishlarini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan bahslar hakamlar hay’ati tomonidan kuzatib borildi.

 

Yakunda g‘olib jamoalar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Xususan, 1-o‘rin sohiblariga mikroto'lqinli pech va IT markazga 600 ming so'mlik vaucher, 2-o‘rin sohiblariga chinni idishlar jamlanmasi, kitoblar to'plami va IT markazga 400 ming so'mlik vaucher, 3-o‘rin sohiblariga kitoblar to'plami va IT markazga 200 ming so'mlik vaucher topshirildi.

 

  • Bizning IT markazimizda bepul o‘qish uchun berilgan ushbu vaucherlarning ahamiyatli jihati, undan aynan g‘olib jamoa a’zolari emas, balki, ularning yaqinlari ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa, kompyuter saboqlariga qiziquvchi yoshlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar eshigini ochadi, deydi markaz direktori Alisher Abduvoitov.
  •  
  •  
  •  
2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM