Rossiya Federatsiyasiga ishga borish istagida bo‘lgan fuqarolarni diqqatiga

Perm viloyatidagi yirik qurilish korxonasi "Spesializirovannыy zastroyщik Dom 59" MChJ quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishga taklif qiladi:

 

- elektrik (elektr ustasi);

- krovelщik (tom yopish ustasi);

- shtukatur-malyar (suvoqchi-bo‘yoqchi);

- svarщik (payvandlovchi);

- otdelochnik (ichki pardozlovchi).

 

Ish beruvchi tomonidan belgilangan imtiyozlar:

 

- Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent ish beruvchi tomonidan yordam beriladi;

- Biletga yordam beriladi;

- Yotoq joy uchun yordam;

 

Eslatib o‘tamiz fuqarolar nomiga Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi!

 

Tanlov 5 noyabr kuni soat 10:00da - Samarqand shahar, Narpay ko‘chasi, 7-(B)-uy da joylashgan "Ishga marhamat" Monomarkazida bo‘lib o‘tadi (mo‘ljal: Kimyogarlar qo‘rg‘oni).

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar biometrik va xorijga chiqish pasportlari bilan kelishlari so‘raladi.

 

Ma’lumot uchun:

(66) 2332400, (66) 2335300

Telegramm: @info5300

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM