Navbatdagi qabulda 43 ta murojaat kelib tushdi

Bugun, 2 noyabr kuni Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi yozgi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan qabul hokim o‘rinbosarlari D.Habibullaev, N.Sanakulov, A.Buriboev, A.Hazratqulovlar tomonidan o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, tuman hokimining o‘rinbosarlari o‘z sohasi yuzasidan murojaatlarni shaxsan o‘zlari tinglab, ijrosi uchun o‘z sohaviy kompleksi yordamida zaruriy chora-tadbirlar rejalarini belgilab olishdi.

 

Misol uchun oladigan bo‘lsak, kelib tushgan murojaatlarga muvofiq, hokim o‘rinbosari Norbuta Sanakulov shu oy davomida Olmazor, Mingchinor, Kichik Kildon, Gulzor hamda Niyozmat mahallalaridagi ichki ko‘chalari hashar yo‘li bilan ta’mirlanishini ma’lum qildi.

 

Kelib tushgan murojaatlardan 23 tasi ijro uchun qabul qilinib, hafta so‘ngiga qadar murojaatchi fuqaro hamda tuman hokimiga ma’lumot kiritilishi belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM