Ota farzandlari uchun 202 mln. so‘m aliment to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari Jomboy tumanlararo sudining 2021 yil9iyundagi qarori asosan qarzdor I.N.dan undiruvchi B.R.ning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchunuchdan uchdanqism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan  ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Qarzdor I.N. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir insonning burchi ekanligi unga tushuntirildi.

O‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlarining ta’minotini o‘ylab, ular voyaga yetguncha hisoblab 202 mln. 164 ming so‘maliment po‘llarini to‘lab berdi. Mazkur ijro hujjati tamomlandi.

 

Dilshodbek ABDUG‘ANIEV,

Majburiy ijro byurosi  Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat ijrochisi

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM