Bulung‘urda yana 140 nafar ayollar bandligi ta’minlandi

Bugun Bulung‘ur tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, shu maqsadda ishsiz ayollar ro‘yxati shakllantirilib, ularning bandligini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan. Xususan, “Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichida 801 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, layoqati va qiziqishlariga ko‘ra, bosqichma-bosqich ularning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

 

Tuman hokimligi majlislar jalida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda hokim maslahatchisi Mahbuba Qurbanova, sektor kotiblari, mahalla mas’ullari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollar ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqan hokim maslahatchisi bugun yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, avvalo, hech bir ayol o‘z taqdiriga befarq bo‘lmasdan, kelajak sari ishonch bilan harakat qilishlari lozimligini ta’kidladi.

 

Shundan so‘ng, tadbirga yig‘ilgan 140 nafar ayollarga tikuv mashinalari berilib, bu ular uchun qarmoq ekanligi, undan qay darajada samarali foydalanish esa, faqatgina o‘zlariga bog‘liq ekanligi tushuntirildi.

 

Qayd etish lozim, endilikda mazkur oilalarning har birida daromad manbayi yaratildi, har bir oilaga qut-baraka kirib bordi. Bu boradagi chora-tadbirlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM