45 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomalari topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi "Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 132-sonli hamda joriy yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-sonli qarorlariga asosan Bulung’ur tumanidan 71 nafar yoshlar haydovchilik guvohnomasiga o’qitilayotgan edi. Buning uchun ularga "Yoshlar jamg'armasi" mablag'lari hisobidan  69.5 million mablag' ajratilgan. Ayni kunga kelib mazkur o’quvchilardan bir qismi o’quv-kurslarini tamomlashdi. Bugun, 15 sentyabr kuni mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman bo’limida bo’lib o’tgan tadbirda bitiruvchilardan 45 nafariga haydovchilik guvohnomalari topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM