Koronavirus: Bulung‘urda vaziyat qanday?

Butun insoniyatni tashvishga solgan koronavirus infeksiyasi bilan kurash yurtmizda ham hamon davom etayotganligi sir emas. Jumladan, virusning ham vaqt o‘tishi bilan mutatsiyaga uchrab, yangi shtamlarni tarqalayotganligi ham bor gap. Ana shunday jarayonlarda soha mutaxassislari virusga qarshi kurashish borasida eng yaxshi yo‘l ommaviy emlanish ekanligini ta’kidlashmoqda.

 

Virus bilan kurashish borasidagi ishlar izchil olib borilayotgan bir vaqtda ayrim yurtdoshlarimiz orasida beparvolikka berilish holatlari ko‘paygandaym, nazarimizda. Yurtdoshlarimizning karantin talablariga rioya etishi susaygan: niqobsiz harakatlanish holatlari uchramoqda, oraliq masofa saqlash talablari, gigiena qoidalariga yetarli darajada rioya etilmayapti.

 

Biroq, quyidagi raqamlar barcha bulung‘urliklarni sergaklikka chorlashi lozim: tumanda yil boshidan buyon 72 ta holatda infeksiya aniqlangan bo‘lsa, shu kecha-kunduzda 42 ta bemor uy karantiniga olingan.

 

Albatta, bugungi kunda tumanda 18 yoshdan oshgan fuqarolarni ommaviy ravishda bepul emlash tadbirlari olib borilmoqda. Xususan, 3 bosqichni o‘z ichiga oladigan tadbirlarning birinchi bosqichida 17 131 ta, ikkinchi turida 7 403 ta, 3 turda 3 645 ta bulung‘urlik fuqarolar emlangan. Hozirda ham bu boradagi jarayonlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

 

Hurmatli fuqarolar, o‘zingiz va o‘zgalarning salomatligiga befarq bo‘lmang! Karantin talablariga amal qiling! Virusga qarshi vaksina olish uchun o‘zingizga yaqin hududdagi tibbiyot muassasalariga murojaat qilishingiz mumking. Unutmang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM