Hurmatli bulung‘urliklar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari! 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida onlayn efirlarni ko‘paytirishni rejalashtirganmiz. 

 

Xususan, xalq deputatlari tuman Kengashining barcha sessiyalari mazkur ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifamizda onlayn efirda berib boriladi.

 

Tuman hayotiga oid muhim xabarlar, tuman Kengashi sessiyasi faoliyati, deputatlarning fikr-mulohazalarini kuzatib, o‘z fikringizni bildirib borishni istasangiz, tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga quyidagi havola orqali obuna bo‘lishingiz mumkin: https://www.facebook.com/bulungurpress 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM