VAKSINA oling – sog’lig’ingizni asrang!

Sir emas, o‘tgan bir yildan ortiq vaqt davomida “COVID-19” infeksiyasi butun insoniyat hayotiga, jamiyatning barcha jabhalariga jiddiy zarba bermoqda. Bugun ushbu xastalik tufayli yer yuzida qanchadan-qancha odamlar bevaqt hayotdan ko‘z yumayotgani, kasallik yosh, jins, millat tanlamayotgani, ayniqsa, so‘nggi kunlarda dunyoda koronavirusning yangi to‘lqini kuzatilayotgani barchada chuqur havotir uyg‘otmoqda.

 

To‘g‘ri, bugun dunyo miqyosida “tojdor” virusga qarshi kurashish uchun hamma birdek oyoqqa turgan va barcha sa’y-harakatlar, kuchlar birlashtirilmoqda. Biroq, afsuski, hali ham kutilgan natijaga erishilgani yo‘q.

 

Mana shunday og‘ir davrda koronavirus infeksiyasidan xalos bo‘lish uchun eng to‘g‘ri, eng samarali va so‘nggi ishonchli yo‘l - kasallikka qarshi emlanishdir. Bu bilan nafaqat o‘zimiz, balki butun oila a’zolarimiz, yaqinlarimiz salomatligini asragan, ularni ushbu xavfli kasallikdan himoya qilgan bo‘lamiz.

 

Shunday ekan, aziz yurtdoshlar, Bulung‘ur xalki,  emlash tadbirlarida faol ishtirok etaylik!

 

V.Yo.Xudoyqulov,

Bulung‘ur TTB  boshlig‘I

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM