Bulung‘urda qimmatbaho va foydali meva – Funduq yetishtiriladi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda ham, xususan Samarqand viloyatida 500 ga. maydonga Ozarbayjon tajribasi asosida o‘rmon yong‘og‘i (Funduq) ekish vazifasi belgilangan edi. Bulung‘ur tumani Mingchinor mahallasi hududida o‘tgan navbatdagi seminarda mazkur mevali daraxtni ekish hamda parvarishlash to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

 

Seminarda “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbariyati, mahalla raislari ishtirok etishdi. Loyihaga ko‘ra, "SAG AGRO" mas`uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda har biri 25 ming so‘mdan bo‘lgan 10 ming dona ko‘chatlar mahallalarga taqsimot asosida bepul berilmoqda. Seminarda jamiyat mas’ul xodimi I.Haydarov tomonidan mazkur mevali daraxatni ekish va parvarishlash tartibi, uning iqtisodiy foydalari to‘g‘risida atroflicha ma’mot berilib, savollarga javoblar berildi.

Ma’lumot uchun, Funduq (O‘rmon yong‘og‘i)da organizmga kerakli barcha aminokislotalar, shuningdek B, A, S, Ye, RR guruhlari vitaminlari mavjud. Funduqdagi temir moddasi miqdori mol go‘shtdagi miqdoridan ham ko‘p. Funduq organizmdan toksinlar va shlaklarni chiqarib tashlashga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi, undagi Taxol moddasi esa o‘simtalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Funduq yong‘og‘idan dunyo bo‘yicha eng foydali bo‘lgan yog‘ olinadi. Ushbu yog‘larni turli taomlarga, salatlarga va medesinada davolashga ishlatiladi. Shirinlik ishlab chiqariladigan ayniqsa shokolad fabrikalarida funduq yong‘og‘i qo‘shilgan shirinlik yuqori baholanadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM