Hokim yordamchilari uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Bulung‘ur mahallasida tumanda faoliyat yuritayotgan 55 ta mahallaning hokim yordamchilari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda hokim o‘rinbosari Sherzod Ibragimov, Bulung‘ur tumani Kambag‘allikni qisqaritish va bandlik bo‘limi mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Bulung‘ur mahallasida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib, hokim yordamchisi Muxtor Rustamovning faoliyati taqdimot qilindi.

Xususan, hokim yrdamchisi M.Rustamov so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilariga 2023-yil davomida mahallada 46 ta kichik biznes subyektlari, 84 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganligi, 39 ta norasmiy faoliyat ko‘rsatib kelgan tadbirkorlik subyektlari rasmiylashtirilganligi, 218 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilganligi, 1 mlrd. 59 mln.so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilganligi, 21 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilganligi, 31 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilganligi, 31 mln.so‘m miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratilganligi ta’kidlab o‘tildi.  

Seminar davomida hokim yordamchilari faoliyati davomida kuzatilishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashinib, kelgusi ustuvor vazifalar kelishib olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM