“Maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosidagi muhim vazifalar belgilab olinmoqda

Joriy ylning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida “2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablarda og‘riqli masalalardan biri, bu – tarbiya va ma’naviyat, ekanligi ta’kidlangan edi.

 

Mazkur videoselektr yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, shu kunlarda Bulung‘ur tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish mavzusidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Unda maktabga biriktirilgan vakillar, mahalla, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishmoqda. Xususan, tumandagi 22-, 23- hamda 36-umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tuman hokimi S.Astonov ishtirok etdi.

 

Tadbirlarda davlat rahbari boshchiligida  joriy yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari” to‘g‘risida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 21-mayda “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 139-sonli qarorining mazmun-mohiyati,  umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun maktab formasining ahamiyati kabi mavzularda so‘z yuritildi.

 

Muhokama davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Xususan, “maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM