IIB tizimida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar o‘tkazilayotgan “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” hamda bugun, 10-noyabr sanasda butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Bulung‘ur tumani IIB shaxsiy tarkibi o’rtasida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Xususan, loyiha doirasida shaxsiy tarkibning saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi o‘tkazildi. O‘qotar qurollarning xususiyatlari va ularning qo‘llanilishi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazilib, xodimlarning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Soha mutaxassislari tomonidan sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ortiqcha vazndan xalos bo’lish borasida tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Respublika ma’naviyat va ma’riyat markazi tuman bo‘linmasi hamda din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning tumandagi bosh mutaxassisi hamkorligida ma’naviyat soati o‘tkazilib, unda kasb e’tikasi, muomala madaniyati xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM