insurez

Rahbaryat


  • Sanaqulov Norbuta Isakulovich


    Lavozimi: Bulung‘ur tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Haftaning payshanba kunlari soat 9:00 dan 12:00 ga qadar


    E-mail:bulungur@umail.uz


    Telefon raqami:+998 99 599 11 04

  • 1994-1999 yy. - Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi

    1999-2002 yy. - Bulung‘ur tumani “Amir Temur” shirkat xo‘jalik ishchisi

    2002-2005 yy. - Bulung‘ur tumani yakka tartibda uy-joy qurilishi boshqarmasi nazoratchi muhandisi, bosh muhandisi

    2005-2012 yy. - Bulung‘ur tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bosh mutaxassisi

    2012-2013 yy. - Bulung‘ur tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i

    2013-2016 yy. - Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

    2016-2021 yy. - Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

    2021-2021 yy. - Bulung‘ur tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

    2021-2022 yy. - Samarqand viloyat avtomobil yo‘llari hududiy Bosh boshqarmasi boshlig‘i

    2022 y. -  h.v.  - Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

     

    Bulung‘ur tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

    Quyidagilar tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

    tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish majmuiga rahbarlik qiladi. Sohaga dahldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi va viloyat,tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.Qurilish industriyasini va qurilish kapital qurilish va kommunal sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o‘rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirishni tashkil qiladi.Shuningdek, pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.Hududda shaharsozlik xujjatlarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar hamda shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, avtomobil yo‘llaridan foydalanish va ta’mirlash, aholiga transport va aloqa xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, sohaga bozor munosabatlarini joriy qilish masalalarini muvofiqlashtiradi.Transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, transport sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, transport va kommunikatsiya komplekslarida infratuzilmani shakllantiradi.

    Muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yo‘llar, transport inshootlarini rivojlantirish va aholini ichimlik suvi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash, shuningdek aholi punktlarini obodonlashtirishni ta’minlash bo‘yicha dasturni bajarilishiga yunaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.Kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, loyihalashning zamonaviy uslublarini joriy etish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, pudrat tashkilotlar va qurilish industriyasi korxonalarining ishlab chiqarish hamda iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadi, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qurilishlarning borishini nazorat qiladi.Yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora- tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi hamda investitsiya dasturlariga muvofiq ravishda qurilishlar manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi, barpo etilayotgan ob’ektlarning o‘z vaqtida ishga tushirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.Ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.Kommunal sohani isloh qilish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish ishlariga rahbarlik qiladi.

    Energetika, neft, gaz korxonalari va boshqa biriktirilgan tashkilotlarda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishni ta’minlaydi.Resurslarni tejovchi texnologiyalar va mexanizmlar joriy etilishini, yoqilg‘i-energetika resurslari tejalishini ta’minlovchi dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi.

    Ikkilamchi qora va rangli metallarni to‘plash hamda topshirish ishlarini tashkil qiladi.Bolalar sportini rivojlantirish masalalarida sport inshootlarini qurish va obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.Aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish, tuman markazi, qishloqlar va aholi punktlarini obodonlashtirish boshqarmalari ishlarini muvofiqlashtiradi.Aholini sifatli ichimlik suv, oqova suv tarmog‘i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash, qishloq aholisini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash choralarini ko‘radi.

    Biriktirilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va qayta o‘qitish masalalari bilan shug‘ullanadi hamda ularni lavozimlarga tayinlash, ozod qilish bo‘yicha tuman hokimiga takliflar beradi.Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.

    Tacappyfidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son qarorlari talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlaydi.

    O‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga taqdim etib boradi.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi.Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.Quyidagi komissiyalar ishiga rahbarlik qiladi:

    Qora va rangli metallar parchalarini, chiqindilarini tayyorlash va topshirishni nazorat qilish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Aholi punktlarini kompleks qurishni nazorat qilish hududiy komissiyasi;

    Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash tuman komissiyasi;

    Transport sohasida litsenziyalash bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Kapital qurilishda pudrat savdolari (tender)ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash komissiyasi;

    Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    tuman hokimligi huzuridagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiya;

    qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

    Quyidagi komissiya va Kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi:

    Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023/2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Yer tanlash va ajratish komissiyasi (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi;

    Toshqinga qarshi kurash bo‘yicha tuman komissiyasi;

    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyasi.

    Quyidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi:

    Tuman kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi;

    tuman hokimligi arxitektura va qurilish bo‘limi;

    Tuman avtomobil yo‘llari bo‘limi;

    Tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi;

    Tumandagi mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha loyihalashtirish institutlari;

    “Samarqand elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati;

    “Markazgazta’minot” davlat unitar korxonasi;

    tuman “Suvoqova” davlat unitar korxonasi;