insurez

Rahbaryat


  • Astonov Samandar Mustafokulovich


    Lavozimi: Bulung‘ur tumani hokimi


    Qabul kunlari:Haftaning dushanba kunlari soat 9:00 dan boshlab tumandagi Xalq qabulxonasida


    E-mail:t.bulungur@umail.uz


    Telefon raqami:(366) 231-99-01

  • 1996-2000 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi 2000-2001 yy. - Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi 2001-2004 yy. - Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokurorining yordamchisi, katta yordamchisi 2004-2005 yy. - Navoiy viloyati prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘limi prokurori 2005-2006 yy. - Navoiy viloyati Uchquduq tumanining prokurorining o‘rinbosari 2006-2009 yy. - Navoiy viloyati prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i 2009-2012 yy. - Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori 2012-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 2013-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i 2017-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i 2018-2019 yy. - Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari 2019-2021 yy. 2021 y. - h.q - - Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari Bulung‘ur tumani hokimi

    Tuman hokimi Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini tumannni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi; o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi; jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi; tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, tuman mahalliy budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etadi; xalq deputatlari tuman Kengashiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini, viloyat hokimi bilan kelishilgan holda tuman hokimi o‘rinbosarlari va Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini xalq deputatlari tuman Kengashining tasdig‘iga kiritadi; hokimlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, tegishli tashkilotlar (idora, korxonava muassasalar rahbarlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha yuqori turuvchi viloyat idoralariga takliflar kiritadi; quyi turuvchi tashkilotlarning qarorlari (buyruqlari)ni, basharti ular O‘zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va ularning hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi; rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tuzilmasi bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi; xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi; davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va yuqori turuvchi organga takliflar kiritadi; respublika va xorijda tumanning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi; qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritadi; aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi; zarurayatga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, uning xujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi; yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi; davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi; Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi. Bulung‘ur tumani hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi. Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi: Tuman hokimligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarga shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlat fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tuman hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek ularni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya; Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining tuman kuzatuv Kengashi; Yoshlar masalalari bo‘yicha tuman idoralararo Kengashi; Tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi; Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi; Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya; Tuman hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi; Tumanda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi; Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha tuman hududiy tanlov komissiyasi; Yer tanlash va ajratish komissiyasi (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi; Toshqinga qarshi kurash bo‘yicha tuman komissiyasi; Tumanda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish komissiyasi; Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo‘yicha tuman komissiyasi; Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyasi; Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiya; Chekka va tog‘li hududdagi budjet muassasalarini yuqori malakali kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush darajasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya; Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi; Tanosil kasalliklariga qarshi kurashish tuman idoralararo komissiyasi; Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya; OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi; Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman Kengashi; qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar. O‘z vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi: Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi; tuman prokuraturasining iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda tuman Majburiy ijro byurosi; tuman ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi; tuman adliya bo‘limi; jinoyat ishlar bo‘yicha tuman sudi; ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman sudi; tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi; tuman mudofaa ishlari bo‘limi; tumandagi Xalq qabulxonasi; boshqa huquqni muhofaza qilish organlari.