
Bulung‘urlik yurtdoshlarimiz diqqatiga!
Bulung'ur tuman hokimligining telegram messenjeridagi sahifasi (@Bulungur_press) orqali tashkil etiladigan onlayn-muloqotlar reja-grafigi ishlab chiqildi.
Endilikda siz o’zingizni qiziqtirgan soha yuzasidan onlayn muloqot aynan qaysi kuni bo’lishidan oldindan xabardor bo’lishingiz, o‘zingizni qiziqtirgan savol va murojaatlaringizni bevosita tashkilot rahbariga uyingizdan chiqmagan holda bildirishingiz mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan savol, taklif va murojaatlaringizni o‘zingizni tanishtirgan holda, quyidagi telegram bot orqali oldindan ham yo‘llashingiz mumkin: @Bulungur_aloqabot
Siz tomoningizdan yo‘llangan murojaatlar onlayn-muloqot davomida o‘qib eshittiriladi va javobi ham shu yerda beriladi!