2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi boshlinganligi va tabiiy gazga extiyoj oshganligi sababli “Bulungurtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan yana bir bora tabiiy va suyultirilgan gaz uskunalaridan tug‘ri va oqilona foydalanishingizni, gaz xujaligi xavafsizligi qoidalaiga texnika xavfsizligi qoidalariga xamda yongin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya kilishlaringizni so‘rab kolamiz.
Shu jumladan isitish pechlaridan foydalanishda gaz plitalaridan foydalanishda ayrim fuqarolarimiz tomonidan keyingi kunlarda tabiiy gaz va suyultirilgan gazdan “Gaz xo‘jaligi xavfsizligi va Yong‘in xavfsizligi qoidalari”ga rioya qilmay foydalanishlari oqibatida fojiali holatlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Bu kabi noxush hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarga qa’tiy amal qilishingizni so‘raymiz:
- O‘zboshimchalik bilan xonani yoki suv isitish uchun (AGV, Kalonka) va shunga o‘xshash gaz uskunalarini o‘rnatmang, mavjud gaz uskunalarini o‘rnini o‘zgartirmang;
- Gaz anjomlari o‘rnatilgan xonani (dudburon) tutun yo‘lini aslo to‘sib qo‘ymang;
- Tabiiy gazdan foydalanishda rezina shlang orqali tarmoqga ulanmang;
- Gaz plitasidan xonani isitish uchun yoqib foydalanmang;
- Gaz anjomlarini yoniq holatda qarovsiz qoldirmang;
-Voyaga yetmagan farzandlaringazni gazdan foydalanishga yo‘l qo‘ymang;
- Xonalarni isitish maqsadida qo‘lda tayyorlangan (qo‘l bola) nostandard gaz pechlaridan va gaz so‘ruvchi (nasos, motorchik va motorlardan) foydalanmang!
Siz yuqoridagilarga rioya qilsangiz Is gazidan zaharlanishning oldini olgan bo‘lasiz hamda xonadoningizni, oilangizni va mol molmulkingizgi saqlagan bo‘lasiz.
“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi