2022-yil boshidan “Yoshlar daftari” elektron platformasiga turli xil muammolari mavjud bo‘lgan 2.819 nafar yoshlar kiritilib, ularning 2.668 nafari (94 %)ga amaliy yordam ko‘rsatildi. Tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar soni bo‘yicha tahlil qilinganida 1-sektor tomonidan “Yoshlar daftari”gi 945 nafar yoshlardan 899 nafari (95 foiz), 2-sektor tomonidan “Yoshlar daftari”gi 628 nafar yoshlardan 591 nafari (94.1 foiz), 3-sektor tomonidan “Yoshlar daftari”ga 566 nafar yoshlardan 532 nafari (92.6 foiz), 4-sektor tomonidan “Yoshlar daftari”gi 680 nafar yoshlardan 646 nafari (93.9 foiz) ga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Jumladan:
-qishloq xo‘jaligiga qiziqadigan 1.288 nafar yoshlarga 10 yilga ijara asosida yer maydonlari ajratib berildi (1-sektorda 543 nafar, 2-sektorda 235 nafar, 3-sektorda 215 nafar, 4-sektorda 295 nafar).
-qishloq xo‘jaligiga qiziqadigan 547 nafar yoshlarga ikkinchi ekin ekish uchun yer maydonlari ajratib berildi (1-sektorda 156 nafar, 2-sektorda 132 nafar, 3-sektorda 100 nafar, 4-sektorda 159 nafar).
-o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 355 nafar yoshlarning 261 nafariga “Yoshlar daftari jamg‘armalari” mablag‘lari hisobidan 561 mln 800 ming so‘mlik hamda 94 nafar yoshlarga “Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 611 mln so‘mlik asbob-uskunalar olib berildi (1-sektorda 96 nafar, 2-sektorda 86 nafar, 3-sektorda 78 nafar, 4-sektorda 95 nafar).
-Yoshlar daftariga kiritilgan 42 nafar ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga ish joylashtirildi (1-sektorda 5 nafar, 2-sektorda 27 nafar, 3-sektorda 6 nafar, 4-sektorda 4 nafar).
- Yoshlar daftariga kiritilgan tadbirkorlikka qilib o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan 75 nafar yoshlarga tuman tijorat banklaridan kreditlar ajratildi (1-sektorda 13 nafar, 2-sektorda 22 nafar, 3-sektorda 32 nafar, 4-sektorda 8 nafar).
-Xaydovchilik kurslariga o‘qish istagini bildirgan 57 nafar yoshlarning 90 mln 480 ming so‘m miqdorida xaydovchilik kurslari xarajatlari to‘lab berildi (1-sektorda 12 nafar, 2-sektorda 18 nafar, 3-sektorda 15 nafar, 4-sektorda 12 nafar).
-82 nafar yoshlarning 468 mln 325 ming 640 so‘m miqdorida SChR badallari qoplab berildi(1-sektorda 19 nafar, 2-sektorda 20 nafar, 3-sektorda
20 nafar, 4-sektorda 23 nafar).
-224 nafar yoshlarning 704 mln 546 ming 651 so‘m miqdorida kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi(1-sektorda 56 nafar, 2-sektorda 56 nafar, 3-sektorda
62 nafar, 4-sektorda 50 nafar).
-Ijtimoiy ahvoli og’ir 21 nafar yoshlarga BHM ning 4 barobari miqdorida 25 mln 200 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordamlar berildi.
-6 nafar yoshlarga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishi uchun 40 mln 787 ming 100 so‘mlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi.
-Zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o’qish istagida bo‘lgan 53 nafar yoshlarga 26 mln 200 ming so‘mlik o‘qish xarajatlari to‘lab berildi.
-Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo’nalishlarida o’qish istagida bo’lgan 20 nafar yoshlarga 30 mln so‘mlik o‘qish xarajatlari to‘lab berildi.
2021-2022 yillar davomida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 519 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar ajratilgan. Mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida 57 nafar yoshlar ushbu asbob uskunalardan turli sabablarga ko‘ra foydalanmay kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda ushbu asbob uskunalardan umunli foydalanmay kelayotgan ushbu 57 nafar yoshlar bilan tushuntirish ishlari tashkil qilindi.
Bundan tashqari ushbu davr mobaynida tumandagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish orqali 144 nafar yoshlar ishga joylashtirilib, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Biznesga qiziqadigan va kredit olish istagida bo‘lgan jami 77 nafar yoshlarga 1 mlrd 915 mln so‘m miqdorda kreditlar ajratib berildi. Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 1 haftalik “Tadbirkorlik saboqlari” o‘quv kurslari tashkil etildi va 315 nafar yoshlar o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat oldi. kasb-hunarga o‘qish istagini bildirgan 386 nafar yoshlar aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi bilan xamkorlikda o‘quv-kurslarini tamomlab, sertifikat oldi. 1+1 loyihasi doirasida jami 42 nafar xotin-qizlar “har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoili asosida tadbirkorlarga biriktirildi.
Bugungi kunda Bulung‘ur tumanida 5.314 nafar yoshlar Respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalarida taxsil olib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaroriga asosan 224 nafar yoshlarga 704.546.651 so‘m miqdorida kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi. (1-sektorda 56 nafar, 2-sektorda 56 nafar, 3-sektorda 62 nafar, 4-sektorda 50 nafar).
Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish muammoli va ajralish holatiga kelib qolgan yosh oilalar uchun mahallalarda haftada bir marotaba psixolog qabullarni tashkil etish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan bir qator tizimli targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 25 avgust kuni tumandagi “Elobod”, “Qirqshodi”, “Saxovat”, Yangiqo‘rg‘on mahallalarida sohaga aloqador bo‘lgan mas’ullar ishtirokida ajrim yoqasiga kelib qolgan yosh oilalar ishtirokida “Mening oilam – mening baxtim” shiori ostida psixologlarning qabullar tashkil qilindi.
O‘smir qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash ularni kas-hunarga yo‘naltirish, va bandligini ta’milash borasida
-tumandagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish orqali 144 nafar yoshlar ishga joylashtirilib, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.
-qishloq xo‘jaligiga qiziqadigan 92 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi.
-biznesga qiziqadigan va kredit olish istagida bo‘lgan jami 130 nafar xotin-qizlarga 274 mlrd 18 mln so‘m miqdorda kreditlar ajratib berildi.
-yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 1 haftalik “Tadbirkorlik saboqlari” o‘quv kurslari tashkil etildi va 49 nafar xotin-qizlar o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat oldi.
-kasb-hunarga o‘qish istagini bildirgan 119 nafar xotin-qizlartuman aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi bilan xamkorlikda o‘quv-kurslarini tamomlab, sertifikat oldi.
-1+1 loyihasi doirasida jami 42 nafar xotin-qizlar “har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoili asosida tadbirkorlarga biriktirildi.
Mahallalardagi ishsiz jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan hamda Probatsiya hisobida turgan 386 nafar yoshlar tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitildi.
Har mahallada faoliyat yuritayotgan “Yoshlar yetakchisi” hamda “Hokim yordamchisi” bilan hamkorlikda mahalla yoshlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida tuman Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda 315 nafar yoshlar tadbirkorlik sohasida o‘qitilib 2.037 nafar yoshlarga 40 mlrd 626 mln 554 ming so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratib berilgan.
Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oʻz tadbirkorligini boshlashlari uchun kuchli motivatsiya uygʻotish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 14-oktabr kuni Bulungʻur pedagogika kollejida tumandagi yosh tadbirkorlar hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida dastlab muvaffaqiyatga erishgan tajribali tadbirkorlar – Umarov Kamoliddin (“Impuls” xususiy klinikasi asoschisi), Burxonov Sirojiddin (“YATT Burxonov Sirojiddin ” asoschisi), Ibragimov Vahobjon (“ROYAL STUDIO”) asoschisi tomonidan “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mazusida motivatsion trening tashkil etildi. Treningda tumanda istiqomat qiluvchi 65 nafar (shundan, 38 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan) yoshlar ishtirok etdi.
Treningda ishtirok etgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan (28 nafar) hamda tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi (25 nafar) koʻngilli yoshlarda amaliy koʻnikma va qiziqish paydo qilish maqsadida Bulungʻur tumanda faoliyat yurituvchi “Maroqand sifat” MCHJ ga “Biznes sayohat” uyushtirildi. Sayohat davomida yoshlarga korxona rahbari tomonidan korxonaning tashkil etilishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi, ishlab chiqarish jixozlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga oʻz maʼlumotlarini berib oʻtdi.
Joriy yilning 7-noyabr kuni tuman markazidagi markaziy madaniyat markazida mahallalardagi tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlar ishtirokida motivator Muhammadali Eshonqulovdan ishtirokida biznes trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar treninga 130 nafar beznesga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risida nizom”ning 11-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, mahallalarda yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan “Mahallalarda yoshlarning agrar sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish” loyihasi doirasida joriy yilning 19-dekabr kuni Jomboy tumanida Seminar tashkikil qilindi.
Seminarda mahallalardagi ishsiz, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan va qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqqan yoshlar, shuningdek, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, yosh fermer va dehqonlarning
sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida tashkil etilmoqda.
Hududdagi ishsiz, uyushmagan, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-yanvar kuni 1-son madaniyat bo‘limida, 25-fevral kuni 2-son kasb-hunar maktabida, 17-mart kuni Bulung‘ur kasb-hunar maktabida, 6-aprel kuni 2-son kasb-hunar maktabida, 31-may kuni Bulung‘ur Pedagogika kollejida, 14-iyun kuni 1-son kasb-hunar maktabi hamda tuman hokimligida (1-2 son ksb-hunar maktabi bitiruvchilari hamda pedagogika va sport kolleji bitiruvchilari uchun), 28-sentabr kuni Guliston, Suluvqo‘rg‘on, Qirqshodi, Istiqlol mahallasi yoshlari uchun, 23-noyabr kuni 2-son kasb-hunar maktabida jami bo‘lib 17 marotaba mehnat yarmarkalari tashkil qilindi.
Ushbu mehnat yarmarkasiga tumandagi ish beruvchi kor 211 ta korxona tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 889 ta bosh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu yarmarkalarga 311 nafar yoshlar, 371 nafar ayollar, 115 nafar ta’lim muassasasi bitiruvchilari jami bo‘lib 951 nafar fuqarolar jalb qilingan. Yil davomida mehnat yarmarkalari orqali 93 nafar yoshlar, 100 nafar ayollar, 12 nafar ta’lim muassasasi bitruvchilari ishga joylashtirilgan.
Mahallalardagi ishsiz bo‘lgan 130 nafar Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim bilan qamrab olinmagan maktab bitiruvchilarni tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitilib ishga joylashtirilgan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori asosida tumandagi 55 ta mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dod va qobiliyatini namoyon qilishlariga ko‘maklashish maqsadida aprel-iyun oylari davomida besh bosqichli mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika darajasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi” tashkil qilinib 18 turdagi tanlov va sport musoboqalariga mahallalardagi 15 748 nafar yoshlar qamrab olindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi o‘laroq “Yosh kitobxon” va “Mushoira” tanlovlarining Respublika bosqichida “Elobod” mahallasida istiqomat qiluvchi Tursunmurodova Marjona 3-oʻrinni, “Changal 1” mahallasida istiqomat qiluvchi Toshbekov Sanjar esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari “Yoshlar ovozi” ko‘rik tanlovi hamda shashka sport musoboqalarining respublika bosqichida “Soxibkor” mahallasida istiqomat qiluvchi Suyunboyev Firdavs va “Yangiqo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qiluvchi Sulaymonova Umida, “Zakovat” intellektual o‘yinida esa “Yangiqo‘rg‘on” mahallasi jamoasi munosib ishtirok etishdi. Futbol sport musoboqasi bo‘yicha “DXX raisi kubogi” uchun o‘tkazilayotgan sport musoboqasining respublika bosqichiga “Changal 1” mahallasi yoshlari munosib ishtirok etdi.
Mamalakatimiz rahbarining joriy yil 30-iyundagi yoshlar bilan ushrashuvida bildirgan taklifiga asosan “Besh tashabbus olimpiadasi” yilda ikki marotaba o‘tkazilishi belgilab berildi. Ushbu olimpiadaning 2-mavsumi doirasida quydagi 14 ta yoʻnalishlar boʻyicha stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol, yengil atletika, stritbol, milliy kurash, steret vorkout sport turlari hamda Yosh kitobxon, kibrsport, xalq va zamonaviy cholgʻu ijrochiligi, yoshlar raqs festivali, Quvnoqlar va zukkolar tanlovi hamda Zakovat intelektual oʻyini boʻyicha @beshtashabbusbot orqali
29 779 nafar, sport musoboqalarida ishtirok etish uchun 22 689 nafar yoshlar my.sport.uz sayti orqali, “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot orqali 4 768 nafar, Zazovat intelektual oʻyinida ishtirok etish uchun Zakovat_klubi.uz sayti orqali 1 300 nafar jami bo‘lib 58 536 nafar (84.8%) yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu olimpiadaning mahalla bosqichi 7-10, 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida 10-30 sentyabr kunlari davomida tashkil qilinib 54 475 nafar yoshlar qamrab olindi hamda 2-20 oktabr kunlari davomida har bir yosh toifasida birinchilikni qo‘lga kititgan 13 618 nafar ishtirokchi hamda jamoalar tanlovning sektor bosqichida ishtirok etishdi. Usbu tablovlarning tuman bosqichi 21 oktabrdan 4-noyabrga qadar tashkil qilinib 3 404 nafar yoshlar 11-15, 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida baxslashdilar. Ushbu bosqichda 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 175 nafar ishtirokchilar viloyat boshqichida ishtirok etishdi.
Quvonarlisi ushbu olimpiadaning viloyat bosqichida tumanimiz yoshlari ham munosib ishtirok etishdi.
Jumladan:
Stol tennis sport musoboqasining 27-30 yoshli o‘smir yigitlar o‘rtasida Suluvqo‘rg‘on mahallasida istqomad qiluvchi Mamaraximov Odil 3-o‘rinni;
Shaxmat sport musoboqasida 16-21 yoshli qizlar o‘rtasida Mingtepa mahallasida istqomad qiluvchi Ismatova Zebiniso hamda 22-26 yoshli o‘smir yigitlar o‘rtasida Erganakli mahallasida istqomad qiluvchi Muzaffatov Javoxirlar 1-o‘rinni qolga kiritgan bo‘lsa 27-30 yoshli yigitlar o‘rtasida Suluvqo‘rg‘on mahallasida istqomad qiluvchi Sulaymonov Ozod 3-o‘rinni;
Street Workout sport musoboqasining 27-30 yoshli yigitlar o‘rtasida Mingtepa mahallasida istqomad qiluvchi Xamroyev Sherali 3-o‘rinni;
Streetbol sport musoboqasining 16-21 yoshli o‘smir yigitlari o‘rtasida Amir Temur mahallasi yoshlari 1-o‘rinni egallagan bo‘sa Oqtepa mahallasining 22-26 yoshli o‘smir qizlari 1-o‘rinni hamda 27-30 yoshli o‘smir qizlar baxsida 3-o‘rinni;
Voleybol sport musoboqasining 22-26 yoshli o‘smir yigitlari o‘rtasida Kaptarxona mahallasi yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu ishtirokchilar bilan tuman port bo‘limi hamda tuman bolalar o‘smirlar sport maktabi o‘qituvchilari doimiy aloqada bo‘lishib sport mashg‘ulotlariga jalb qilib kelishmoqda.
Tuman hokimining 2022-yil 28-mart kunidagi 04/01-38 son hamda 16-may kunidagi 04/01-47-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan may-iyun oylari “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib oylik doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlari “mahalla-sektor-tuman-hudud” darajasida tashkil etildi.
Bunda, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlarning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorini namoyon qilishga qaratilgan “Zakovat”, “Munozara”, “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinlari,“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob”, “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Quvnoqlar va zukkolar”tanlovlari, Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan sport shaxmat turi bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”, shashka, kibersport, “Street workout”, “Bolalar ligasi”, stol tennisi,yengil tletika, stritbol, voleybol sport turlari bo‘yicha mahalla yoshlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlar, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlarini jalb qilindi. Shuningdek ushbu yoshlar oyligi doirasida tumandagi barcha mahallalarda “San’at g‘unchalari”, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari, “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivali, mini-futbol, stol tennisi, voleybol, basketbol, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish sport musobaqalari, “Yosh ekolog” aksiyasi, “Men ham askar bo‘laman” aksiyasi va harbiy-vatanparvarlik tadbirlari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, musobaqa va tanlovlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari joriy yilning 20-iyun kuni “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi oʻzbekiston yoshlari birlashaylik shiori ostida” yoshlar festivali tashkil qilindi. Ushbu festival doirasida “Tasviriy sanʼat, estrada xonandaligi” yoʻnalishida koʻrik tanlov, “Musiqa, rassomchilik, teatr va sanʼatning boshqa turlari” yoʻnalishida koʻrgazmali koʻrinishlar, “Qoʻgʻirchoq” teatri namoyishi, “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni hamda ertalabki ommaviy badantarbiya mashgʻuloti, sportning mini-futbol, kurash, gimnastika, qoʻl jangi turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari, tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida sportning shaxmat, shashka, Stritbol, Voleybol Stol tennis Velomarafon turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari, “KIBERSPORT” musobaqasi, Tuman sektor rahbarlari boshchiligida yoshlar jamoalaridan iborat “Zakovat” intellektual oʻyini, Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Kitobxonlik koʻrgazmasi va yarmarkasi, Bir nuroniyga oʻn nafar yosh tamoyili asosida ikki avlod uchrashuvi, Bulungʻur tumani 2 sonli kasb-hunar maktabida yoshlarni ishga joylashtirish maqsadida “Mehnat yarmarkasini” tashkil etish. xamda, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Tosh kutarish, yengil atliteka va kamondan oʻq otish musobaqasi, Qoʻl jangi, harbiy orkestr, faxriy qorovullvrning koʻrgazmali chiqshlari, Kamondan oʻq otish, Zamonaviy koʻchma TIR, aviamadellar koʻrgazmasi, Harbiy texnika va qurollar koʻrgazmasi hamda Yakuniy gala konsert dasturlari boʻlib oʻtdi. Yil davomida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida hamkorlik qilgan tashkilotchilar munosib taqdirlandilar.
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturining 18-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari agentligi direktorining 01-10/243-sonli hamda Yoshlar Ishlari agentligi tuman bo‘limining 2022-yil 28-oktabr kunidagi 01-13/07-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston Bulung‘ur tuman Yoshlar kutubxonasida Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovini tuman bosqichini o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan 55 nafar yoshlar yetakchisi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tanlov nizomiga ko‘ra “Yangi O‘zbekiston mening taqdirimda” mavzusidagi konseptual loyihalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek ishtirokchilar Agentlik huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan ko‘p variantlilik asosida tayyorlangan test savollari yechishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni “O‘roqli” MFY yoshlar yetakchisi Xudoyberdiyev Abdusalom Pulatovich, 2-o‘rinni “Xo‘jabachcha” MFY yoshlar yetakchisi Mamatmurodov Uyg‘un Eshmirza o‘g‘li, olishgan bo‘lsa faxrli 1-o‘rinni egallagan “Oqtosh” MFY yoshlar yetakchisi Mahmudov Dilshod Tangirovich g‘olib deb topilib tanlovning viloyat bosqichida ham munosib ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarorining 9-ilovasida ko‘rsatilgan tartibga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar, oila a’zosi “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” A.Tga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, I yoki II guruh nogironi bo‘lgan, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan, ishsiz yosh, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarning zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdori (BHM – 300 ming so‘m)ning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida subsidiya ajratilishi bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlangan.
Bugungi kunda tumanida “Yoshlar daftari”da “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 53 nafar yoshlarimizga yordam ko‘rsatilmoqda shulardan 45 nafari Ingliz tili (CEFR, IELTS) ga, 8 nafari zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi (Kompyuter savodxonligi,Video montaj ustasi, Dasturlash Web FullStack, Grafik dizayn, Dasturlash Frontend, Dasturlash android, Dasturlash baskend, 3D Max, AvtoCAD, Ijtimoiy tarmoq marketingi SMM) bo‘yicha o‘qitilmoqda.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodning maʼnaviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sanʼat va goʻzallikka intilishini kuchaytirish, milliy sanʼat anʼanalari va yoʻnalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom yettirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi va Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda joriy yilning
8-iyul kuni 7-10, 11-14 yoshdagi ijodkor va iqtidorli yoshlar oʻrtasida “Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi oʻtkazildi.
7-10 yosh toifasida: yakkaxon raqs boʻyicha 3- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi Anvarova Dilnura 1-oʻrinni “F” yoʻnalishi boʻyicha 31- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi Hazratqulova Lola 1-oʻrinni
11-14 yosh toifasida: “A” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni Yeshimova Rayhona 29- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi 2-oʻrinni Turdibekov Madamin 18- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi; “B” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni “Chavqi nihollari” jamoasi 5- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari; “S” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni Neʼmatullayev Abdulaziz 16- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi; “D” yoʻnalishi boʻicha yakkaxon raqs 1-oʻrinni Roʻziqulova Sojida 55- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi jamoaviy raqs “Y” yoʻnalish 1-oʻrinni Xayrullayev Asilbek 41- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchisi; “F” yoʻnalishi 1-oʻrinni Hazratqulova Lobar 31- umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi
PQ-3721-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 781-son Qarori hamda 2020-yil 26-dekabrdagi “Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi (07-07/1-1502, 28.12.2020-y.) majlis bayoni ijrosini ta’minlash, Prezidentning besh muhim tashabbus 1-mavsumi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining 3 yosh toifasida (10-14 yosh, 15-19 yosh,20-30 yosh) tuman bosqichi joriy yilning 29 yanvar kuni 2021-yil mavsumi tuman markazidagi “Yoshlar kutubxonasi”da bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari 2 ta shart bo‘yicha bellashishdi. Hakamlar hay’atining yakuniy hulosasiga ko‘ra 10-14 yosh toifasida 67-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shamsiddinova Nozima Jaxongir qizi, 15-19 yosh toifasida 49-maktab o‘quvchisi Tursunmurodova Marjona Malik qizi, 20-30 yosh toifasida Omonova Shoxsanam Xolboy qizi 1-orinni qo‘lga kiritib viloyat bosqichida ishtirok etishdi. Ushbu tanlovning respublika bosqichida 49-maktab o‘quvchisi Tursunmurodova Marjona Malik qizi, 3-o‘rinni qo‘lga kiritib 30 mln so‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Mamalakatimiz rahbarining joriy yil 30-iyundagi yoshlar bilan ushrashuvida bildirgan taklifiga asosan “Besh tashabbus olimpiadasi” yilda ikki marotaba o‘tkazilishi belgilab berildi. Ushbu olimpiadaning 2-mavsumi doirasida quydagi “Yosh kitobxon” tanlovida ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot orqali 4 768 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu bosqichda ushbu tanlov 5 bosqichda tashkil qilinib ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoshlar 20-22 sentabr kunlari davomida mahalla bosqichi, 10-12 oktabr kunlari davomida tanlovning sector bosqichi, 31-dekabr kuni esa tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovning tuman bosqichida 10-14 yosh toifasida “Esonturdi” mahallasida istiqomad qiluvchi Boltaboyeva Maqsuda Toxir qizi, 15-19 yosh toifasida “Oqtosh” mahallasida istiqomad qiluvchi Xudoyberdiyeva Ozoda Xojiakbar qizi, 20-30 yosh toifasida “Qirqshodi” mahallasida istiqomad qiluvchi Rashidov Al-Qodir Rashid o‘gli g‘oliblikni qo‘lga kiritib viloyat bosqichida ishtirok etdi. Ushbu tanlovning viloyat bosqichida 20-30 yosh toifasida “Qirqshodi” mahallasida istiqomad qiluvchi Rashidov Al-Qodir Rashid o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yurt tayanchi bo‘lgan yoshlarga Vatan himoyasi sharafi va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish ularda Vatan taqdiri ertangi kun va istiqboliga dahldorlik tuyg‘usini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan taqdiri mening qo‘limda” mavzusidagi insholar tanlovi yuzasidan quydagi ishlar amalga oshirildi.
Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda tuman Xalq ta’limi bo‘lim hamkorlikda barcha umumta’lim muassasalarida “Vatan taqdiri mening qo‘limda” insholar tanloviga 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Vatan_taqdiri_2022_tanlovBot orqali keng qamrovli onlayn ro‘yxatdan o‘tishi bo‘yicha targ‘ibod tadbirlari tashkil qilindi.
Jumladan tuman Xalq ta’limining https://t.me/bulungurxtb, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining https://t.me/bulunguryoshlari telegram tarmoqlarida e’lon berildi.
Bundan tashqari har bir mahalla hududidagi maktablarda (69 ta maktab) mahalla yoshlar yetakchisi, maktab ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamkorlikda o‘quvchilarga “Vatan taqdiri mening qo‘limda” insholar tanlovida ishtirok etishlari uchun @Vatan_taqdiri_2022_tanlovBot orqali qanday qilib ro‘yhatdan o‘tishlari uchun tushunchalar berildi.
O‘quvchilar “Vatan taqdiri mening qo‘limda” tanloviga fol ro‘yhatdan o‘tib o‘zining yozgan insholarini joylab borishdi ana shunday o‘quvchilardan biri 2-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Sadillayev Nazarbek, 28-umumta’lim makatbi o‘quvchisi Umirov Quvonchbek, Hudoyqulov Muxlisbeklar ham o‘zlarining yozgan insholari bilan tanlovda faol ishtirok etishdi.
Ta’lim muassasalaridagi yoshlarga Vatanga muhabbatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida sariq hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun “Vatanparvarlik” darslarini tashkil etildi xususan “Vatanga xizmat – oliy fazilat”shiori ostida 18, 20 umumta’lim maktablarida davra suhbati tashkil etildi.
Bunday tadbirlar ta’lim muassasalaridagi yoshlar hamda mahalladagi yoshlar o‘rtasida tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PQ-96-sonli, “Zakovat” ıntellektual o‘yınını aholi o‘rtasıda ommavıy-ma’rıfıy harakatga aylantırısh va boshqa ıntellektual o‘yınlarnı rıvojlantırıshga oıd chora-tadbırlar to‘g‘risidagi qaroriga hamda Besh tashabbus olimpiadasining 1-mavsumi doirasida Zakovat intelektual turniri tashkil qilish bo‘yicha tumandagi barcha mahallalar qoshida “Zakovat klublari” faoliyati tashkil qilindi. Bunda mahallalardagi har bir ko‘chalar kesimida umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlardan iborat jamoalar shakillantirildi, hamda 1-may kuni mahalla bosqichi. 17-iyun kuni sektor bosqichi, 18-iyun kuni ushbu turnirning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirning tuman bosqichida “Yangiqo‘rg‘on” mahallasining yoshlari gʻoliblikni qoʻlga kiritib respublika bosqichida ham munosib ishtirok etidi.. Ushbu intelektual turnirga 2 264 nafar yoshlar qamrab olindi.
Shuningdek Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi doirasida Zakovatklubi.uz sayti orqali ushbu intelektual o‘yinga ishtirok etish uchun 3 114 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tkan. 30-sentabr kuni ushbu yoshlar mahalla saralash bosqichida ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori ijrosi yuzasidan 31-mart kuni tumandagi 69 umumtaʼlim maktabida tuman mudofaa boʻlimi, tuman xalq taʼlimi boʻlimi, yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musoboqasi boʻlib oʻtdi. Ushbu musoboqada Kichik kildon mahallasida joylashgan 42 umumtaʼlim maktabining “Burgutlar” jamoasi 1 oʻrinni, Isori oʻroqli mahallasida joylashgan 57 umutaʼlim maktabining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 2 oʻrinni “Oʻroqli” mahallasida joylashgan 8 umutaʼlim maktabining “Qalqon” jamoasi 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi. DXX ning 9224 sonli harbiy qismida 23-aprel kuni boʻlib oʻtgan viloyat bosqichida Bulungʻur tumani jamoasi 2 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Joriy yilning 24-fevral kuni Suluvqoʻrgʻon mahallasida joylashgan 12 umutaʼlim maktabida umumtaʼlim maktabi oʻquvchi yoshlari ishtirokida “Yosh qutqaruvchilar” musoboqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Musoboqa yakuniga koʻra “Kildon” mahallasida joylashgan 2 umutaʼlim maktabining “Yosh qutqaruvchi” jamoasi 1 oʻrinni, “Soxibkor” mahallasida joylashgan 5 IDUM “Shunqorlar” jamoasi 2 oʻrinni, “Oʻroqli” mahallasida joylashgan 8 umutaʼlim maktabining “Qalqon” jamoasi 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi. 19-aprel kuni boʻlib oʻtgan tanlovning viloyat bosqichida Bulungʻur tumani jamoasi munosib ishtirok etdi.
Mahalla yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, vatanga sadoqatini oshirish, yoshlarni harbiy sohaga qiziqishlarinini oshirish maqsadida mahalla yoshlari oʻrtasida “Men ham askar boʻlaman” aksiyalari tashkil qilinib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmonida ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hodimlari hamda volontyor yoshlar ishtirokida 16-aprel kuni “Nurli yo‘l” mahallasi hududida ajratilgan 0.20 ga yer maydonida 1 400 dona qalamchalar hamda 5-noyabr kuni “Soxibkor” mahallasi hududida 0.60 ga yer maydoniga 480 dona daraxt ko‘chatlari ekildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-noyabrdagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidag”gi PF-5618-sonli Farmoni hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib boorish, qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi va boshqa qonun xujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Yoshlar va qonun” tanlovining mahalla-sektor-tuman bosqichlari o‘tkazildi.
Nizom talablariga asosan noyabr oyining 7-12- kunlari ikki toifasi bo‘yicha tanlovning birinchi bosqichida mahalla jamoalari shakillantirildi.
Ikkinchi bosqchi sektor bosqichida 15-noyabr kuni 1-sonli kasb hunar makatabi faollar zalida 14-18 yosh toifasida 1-3-sektor hududidagi yoshlar o‘rtasida, 48-umumta’lim maktabi faollar zalida 2-4- sektor hududidagi yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi “Yoshlar va qonun” tanloviga 14-18 yosh toifasida jami 440 nafar yoshlar ishtrok etishdi 1-sektor hududida faxirli 1-o‘rinni Niyozmat mahalla yoshlari, 2- sektor hududida Esonturdi mahalla yoshlari, 3-sektor hududida Navbahor mahalla yoshlari, 4-sektor hududidan Beshkuvi mahalla yoshlari faxirli 1-o‘rinni egallashib tuman bosqichiga yo‘llanma va hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari va diplomlarni qo‘lga kiritishdi.
16-noyabr kuni 1-IDUM faollar zalida “Yoshlar va qonun” tanlovining 18-30 yosh toifasida 1-3- sektor hududidagi yoshlar o‘rtasida, 55-umumta’lim maktabi faollar zalida 2-4-sektor hududidagi yoshlar o‘rtasida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
“Yoshlar va qonun” tanlovining 18-30 yosh toifasida jami 385 nafar yoshlar ishtirok etib 1-sektor hududidan Nurli yo‘l mahalla yoshlari, 2-sektor hududidan Esonturdi mahalla yoshlari, 3-sektor hududidan Lalimikor mahalla yoshlari, 4-sektor hududidan Beshkuvi mahalla yoshlari faxirli 1-o‘rinni olib tuman bosqichiga yo‘llanma va hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari va diplomlarni qo‘lga kiritishdi.
Shu yilning 29-noyabr kuni Bulung‘ur tumandagi 22-umumta’lim maktabi faollar zalida “Yoshlar va qonun” tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovning 14-18 yosh toifasi bo‘yicha hakamlar hayati tomonidan 4 shart yakuni bo‘yicha birinchi o‘rinni Navbahor mahalla yoshlari jamoasi, ikkinchi o‘rinni Beshkuvi mahalla yoshlari jamoasi, uchinchi o‘rinni Esonturdi mahalla yoshlari jamoasi qo‘lga kiritdi.
29-noyabr kuni 18-30 yosh toifasi bo‘yicha “Huquqiy muammoga tezkor yechim”, “Huquqiy Penalti”, “Mening qonunchilik tashabbusim” va “Sud majlislar modeli” kabi 4 ta shart yakuni bo‘yicha birinchi o‘rinni Beshkuvi mahalla yoshlari, ikkinchi o‘rinni Esonturdi mahalla yoshlari, uchinchi o‘rinni Nurli yo‘l mahalla jamoasi qo‘lga kiritdi.
Yoshlarni jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk boʻlib voyaga yetishlari, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda qalbida ona-vatanga muhabbat, sadoqat tuygʻularini yanada orttirishga erishish maqsadida tumanning chegara hududi hisoblangan 9224 hamda 32736 sonli harbiy qismga 14 marotaba yoshlarning sayoxati tashkil qilindi.
Doʻstona munosabatda oʻtkazilgan ushbu uchrashuvlarda yoshlar harbiylar xayot tarzi va yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raxbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisi, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-sonli bayonining 37-bandi ijrosi hamda 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi mavjud 55 ta mahalla fuqarolar yiginida istiqomad qiluvchi 55-nafar nuroniylarga 275-nafar tarbiyasi o’g’ir, ma’naviy ko’makka muxtoj va ishsiz yoshlar “Har bir nuroniy-besh nafar yoshga murabbiy” tamoyiliga asosan briktirildi. Nuroniylarga briktirilgan yoshlar ro’yhati ilovaga muvofiq yuborilmoqda.
Bulung‘ur tumanida bugungi kunda 69 ta umumta’lim maktabi, 2 ta kasb-hunar maktabi, 5 ta madaniyat markazi, 2 ta bolalar musiqa sa’nat maktabi, 24 ta yoshlar mexnat (10 tasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan) guzari mavjud.
Uyushmagan yoshlar soni 1 586 nafar shundan, o‘g‘illar 1 090 nafarni, qizlar 496 nafarni tashkil qiladi.
Jinoyat sodir qilgan yoshlar soni 2022 yil 11 oyi davomida 56 tani takshil etib, o‘tgan davrga nisbatan 10 taga ko‘paygan. (2021 yil 11 oyi davomida 46 tani tashkil etgan.)
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish masalasi bugungi kunda Yoshlarga oid davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Shu ma’noda mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birga jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida ham 2022-yilning o‘tgan davrida amaliy ishlar qilib kelinmoqda.
Jumladan:
“Mehnat harbiy vatanparlik yig‘ini” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga prabatsiya guruhi nazoratida turuvchi, yoshlar daftarida turuvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzadlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlik sohasida o'qitish uchun sharoit yaratib berish maqsadida tuman bo‘limi tomonidan 8 nafar yoshlar bir haftalik tayyorlov darslariga yuborildi.
Bulung‘ur tuman mahallalardagi Yoshlar yetakchilari va tuman IIB xodimlari tomonidan yoshlar xuquqbuzarliklarining oldini olish bo‘yicha tuman mutasaddi tashkilotlari bilan xamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, tumandagi har bir mahallalarda “Qalqon” guruhlari shakllantitilib a’zolari ishtirokida tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda, yoshlar o‘rtasida sport musoboqalari, tarixiy obidalarga sayoxat qilish, harbiy qismlarga sayoxatlar amalga oshirilib kelinmoqda, bundan asosiy ko‘zlangan maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni Vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, kasbga sadoqat kabi tushunchalarni ongida shakillantirish hamda ular o‘rtasida jinoyat va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish.
Birinchi navbatda tumanning kirish chiqish joylariga va xar bir maxallalarning o‘g‘irlik jinoyati sodir etilishi extimoli yuqori bo‘lgan nuqtalari aniqlanib jami bo‘lib 114 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi, aholi bilan o‘g‘irlik jinoyatini oldini olish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilmoqda, o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan maxallalarda o‘g‘irlik jinoyatini oldini olishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda, bundan tashqari o‘g‘irlik jinoyati aks ettirilgan turli xildagi bukletlar fuqarolarga tarqatilib axoli gavjum joylarga chinoyatchilik oldini olish to‘g‘risidagi plakatlar joylashtirilib umumiy profilaktik ishlar olib borilmoqda. Tumanning 4 maxallalarda sodir etilgan badanga o‘rtacha og‘irlikda tan jaroxati yetkazish bilan jinoyatlar qayta takrorlanmisligi hamda jinoyatni oldini olish uchun ushbu jinoyatlarni kelib chiqish shart sharoitlarini mukammal o‘rganib, tumanning xar bir maxallasida muxokamalar qilindi.
Joriy yining 19 sentabr kuni tumandagi Pedagogika va sport kolleji faollar zalida tuman IIB boshlig‘i A.Otamurodov boshchiligida voyaga yetmagan 58 nafar Probatsiya guruhi hisobida turib jazo muddatini o‘tayotgan va jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida jinoyatchilikning oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Tuzalish yo‘liga o‘tgan 4 nafar yoshlar muddatidan oldin shartli ravishda avf etildi. Bundan tashqari haftaning har payshanba kuni brcha mahallalarda hamda ta’lim muassasalarida “Payshanba profilaktika kuni” tadbirlari ham tizimli tashkil qilinib kelinmoqda.
Jinoyatchilikka moyilligi bor 35 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib 30 nafariga 10 yilga ijara huquqi asosida 2 gektar yer maydonlari, 5 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar berilib bandligi ta’minlandi.