Har bir bola sifatli ta’lim va tarbiya olishga haqli

Bugun tumanimizda 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim jarayoniga qamrab olishda oliaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ham ulushi ortib borayotganligi sir emas. Bunda qamrov bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya sifatiga ham alohida e’tibor qaratish, ularning faoliyatini ham Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida muvofiqlashtirib borish zarur. Shu maqsadda joriy yilning 3-dekabr kuni Bulung’ur Pedagogika kolleji faollar zalida tumandagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun seminar trening tashkil etildi.

 

Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlari pegagoglari uchun takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, bolalarning rivojlanish xaritasi hamda tarbiyachilar ish rejasining yuritilish tartibi bo‘yicha nazariy bilimlar berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.

Jarayon davomida har bir bola sifatli ta’lim va tarbiya olishga haqli ekanligini inobatga olgan holda, oliaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari har qanday jarayonlar yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo’limi bilan mustahkam hamkorlikda ish olib borishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM