3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyaga asoslaniladi. Mazkur jarayonlarda  nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga ham alohida e’tibor qaratilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularning jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Bulung‘ur tumanidagi bazmgohlardan birida tashkil etilgan tadbir ham mazkur maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov so‘zga chiqib, tumanimizda sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

  • Kecha, Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev ham, sana munosabati bilan mamlakatimiz xalqiga qilgan murojaatlarida: “Bugun, butun xalqimizga murojaat qilib, siz, aziz vatandoshlarimni  bu yo‘nalishda boshlagan xayrli ishlarimizni faol davom ettirishga chaqiraman.”, deya chaqiriq bilan chiqqanlari ham bejizga emas, deya ta’kidladi tuman hokimi o‘z nutqida. - Darhaqiqat, yuqoridagi raqamlardan ham anglash mumkinki, bu mavzu yilda bir marta eslanadigan masala emas, doimiy e’tibor markazimizda turadigan va tizimli yechim talab qiladigan masaladir. Bu borada biz o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarimizni rejali amalga oshirish barobarida, keng jamoatchilik faollaridan ham tashabbuslar kutib qolamiz.

Tuman hokimining nutqi eshitish imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun surdo tarjimon orqali yetkazildi. Xususan, tadbir davomida jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. So‘zga chiqish istagida bo‘lgan faollar yurtimiz, xususan, tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

To‘kin dasturxon atrofidagi suhbatlar sho‘x ku va qo‘shiqlar hamohangligidagi raqslarga ulanib ketdi.

Ma’lumotu uchun, bugungi kunda tumanda 3708 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz istiqomat qilmoqda. Joriy yil boshidan bugunga qadar tumandagi nogironlarning 8 nafariga jami 140 mln. 800 ming so‘mlik elektron yuritmali nogironlik aravachalari, 65  mln. 700 ming so‘mlik 45 dona nogironlik aravachalari topshirildi. Bundan tashqari, ehtiyojdan kelib chiqqan holda, 15 ta hassa, 11 ta qo‘ltiqtayoq, 17 ta eshitish moslamasi, 4 ta xadinok, 14 dona najos qabul qiluvchi moslamalar berildi, 50 nafar nogironlarga sihatgohlarga yo‘lanmalar berildi.

Shuningdek, sana munosabati bilan 53 nafar nogironligi bo‘lgan bo‘lgan uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning holidan xabar olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM