Mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari va aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarining jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi № 639-son Qaroriga asosan “2020-2022 yillarda mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bosh reja loyihalari ishlab chiqilishi bilan bir vaqtda qishloq (ovul) aholi punktlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini hamda yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish” rejalshtirilgan. Mazkur Qaror asosida Bulung‘ur tumanidagi Kildon hamda Qirqshodi mahallalari hamda ularga yondosh mahallalarning markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond (GEF)ning «O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joy qurilishi rivojlanishiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida yuqoridagi 2 ta asosiy va 7 ta yondosh mahallalar bosh reja loyihalarini aholi muhokamasi jarayonida ko‘maklashish va aholidan iqlim o‘zgarishi va energiya samaradorlik bo‘yicha taklif va mulohazalarini olish uchun tadbir uhokama tashkil etildi.

Jarayonda tuman hokimi Samandar Astonov, tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kompleksi, mahalla mas’ullari ishtirok etdilar.

Muhokama davomida bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olingan holda, bosh rejalarga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar, reja tuzishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, BMTTD/GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi olti yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda qishloq aholisini arzon va ekologik toza uylar bilan ta’minlashdan iborat. Loyihaning muhim yutug‘i 24 turdagi energiya tejamkor uy-joylar loyihalari ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu esa respublika bo‘ylab energiya tejamkor va kam uglerodli uy-joylarning ommaviy qurilishiga turtki berdi. Bundan tashqari, loyiha doirasida 1358 ta energiya tejamkor va kam uglerodli xonadonlar qurish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

 

2015-2024 © Хокимият Булунгурского района. Разработан в: SAKTRM