Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yettichi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Tuman kengashi kotibiyati mudiri A.Shokirov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalar yuzasidan aloqador hokim o‘rinbosarlari va mas’ullar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1) Bulung‘ur tumanida kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘i J.Saidovning hisoboti.
2) 2025-yilda Bulung‘ur tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ijrosi hamda qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik bandligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari N.Sanaqulovning hisoboti.
3) Bulung‘ur tumani Mahalliy budjetining “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida 2025-yil 1-mavsum jarayoni bo‘yicha g‘olib takliflarni tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisbotlari tinglandi. Deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.